Домой / Без рубрики / To’rtinchi tashabbus “Kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish” mavzusida tadbir o’tkazildi.

To’rtinchi tashabbus “Kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish” mavzusida tadbir o’tkazildi.

CHDPI akademik litseyida muhtaram Prezidentimizning yoshlar ma`naviyatini yuksaltirish va ularning bo`sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish yuzasidan belgilab bergan 5ta muhim tashabbusining 4-yo`nalishi bo`yicha samarali ishlar amalga oshirilmoqda. “Kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish” mavzusida tadbir o’tkazildi. Xususan, ushbu tadbirda “Sharq Ziyokori” nashriyoti tomonidan kitoblar ko’rgazmasi, yangi nashr etilgan adabiyotlar, qo’llanmalar, risolalar namoyishi savdosi yuqori saviyada tashkil etildi. Toshkent viloyati Chirchiq Davlat Pedagogika Instituti tarix va tillar fakulteti dekani, yuridik fanlar nomzodi, dotsent R.A.Ikromov va CHDPI akademik litseyi direktori K.A.Ruziyev axborot-kutubxona texnologiyasi  bo’yicha yetakchi mutaxassisi X.A.Tuychiboev muhtaram Prezidentimizning yoshlar ma`naviyatini yuksaltirish va ularning bo`sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish yuzasidan belgilab bergan 5ta muhim tashabbusining mazmun mohiyatini talaba va o’quvchilarga yetkazdi.

Chop etish