Домой / Без рубрики / «Ta’lim jarayonida AKT va undan foydalanish» mavzusida o’qituvchilarga o’quv kurslari o’tkazilmoqda.

«Ta’lim jarayonida AKT va undan foydalanish» mavzusida o’qituvchilarga o’quv kurslari o’tkazilmoqda.

CHDPI akademik litseyi pedagoglarining AKT bo’yicha bilim va ko’nikmalarni oshirish maqsadida o’quv kurslari tashkil qilindi. Kurslarni informatika va axborot texnologiyalari fani o’qituvchisi O.Xodjayev va A.Kuralbayeva tomonidan o’tkazilmoqda.
AKTni ta’lim jarayoniga joriy etish o‘qituvchilardan bir qator ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lishlikni talab etadi: didaktik materiallarni va faoliyatiga oid hujjatlarni tayyorlashda matn muxarriridan samarali foydalanish, multimedia taqdimotlarini tayyorlash, tarmoq ichida ma’lumotlarni izlash va muloqot qilish.
Ushbu vazifalarni bajarishda o‘qituvchilardan kompyuter savodxonligiga ega bo‘lishlik talab etiladi. Bugungi kunda kompyuter savodxonligi keng qamrovli tushuncha bo‘lib, o‘z ichiga juda ham ko‘plab ko‘nikmalarni oladi.

Fan o‘qituvchilarining AKT savodxonligi bo‘yicha egallashi lozim bo‘lgan tayanch ko‘nikmalar:

  • Kompyuter haqida tushunchaga ega bo‘lish va uning ishlash prinsiplarini bilish (asosiy va qo‘shimcha qurilmalari haqida ma’lumotga ega bo‘lish);
  • Dasturiy ta’minot haqida bilimlarga ega bo‘lish;
  • Didaktik materiallar va ishchi hujjatlarni tayyorlashda matn muxarrirlari, elektron jadvallar va boshqa amaliy dasturlar to‘plamidan foydalana olish;
  • Internet tarmog‘i imkoniyatlaridan foydalanishni bilish.

Yuqorida keltirilgan ko‘nikmalar AKT savodxonligiga erishish uchun zarur bo‘lgan minimal ko‘nikmalar hisoblanadi. Bugungi kun o‘qituvchisi uchun axborot texnologiyalari uning kasb faoliyatidagi vazifalarnigina (dars rejasini tuzish, taqdimotlar yaratish, Internet tarmog‘idan o‘z faniga oid materiallarni to‘plash) bajarish uchun emas, balki o‘qitadigan fani yuzasidan didaktik materiallar yaratish, o‘quvchilarning o‘quv faoliyatini tashkil etishda AKT vositalaridan foydalanish (kompyuter tarmog‘i orqali turli vazifalar berish, Internet resurslarini yaratish va ularda ta’lim materiallarini joylashtirish) uchun ham xizmat qilishi kerak.

Chop etish