Домой / Без рубрики / CHDPI akademik litseyi o’quvchilari o’rtasida jinoyatchilikning oldini olish bo’yicha tadbir o’tkazildi.

CHDPI akademik litseyi o’quvchilari o’rtasida jinoyatchilikning oldini olish bo’yicha tadbir o’tkazildi.

Joriy yilning 25-oktabr kuni CHDPI akademik litseyi o’quvchilari o’rtasida jinoyatchilikning oldini olish bo’yicha tadbir o’tkazildi. Lisey direktori K.A.Ruziev so’zga chiqib, hozirgi kunda yoshlar o’rtasida sodir etilayotgan jinoyatlarning va huquqbuzarliklarning oldini olish, ularning sodir etilishini to’xtatish masalasi yuzasida eng avvalo o’quvchilarning ota-onalari bilan targ’ibot va tashviqot ishlarini olib borish lozim ekanligi haqida gapirib o’tdi.
So’ng Chirchiq shahar IIB huzuridagi Tergov bo’limi surishtiruvchisi leytenant Sh.X.Salomov so’zga chiqib, so’ngi paytlarda Chirchiq shahar hududida yoshlar o’rtasida jinoyat va huquqbuzarliklarning soni tobora ortib borayotganligini, uning oqibatida yoshlar o’z kelajaklariga to’siq qo’yib qo’yayotganliklarini, birgina sodir etilayotgan huqubuzarlikning natijasida o’quvchining oilasi, uning yaqin qarindoshlariga qanchadan qancha ta’sir etayotganligini so’zlab o’tdi.
O’zbekiston Respublikasi JKning va MJTKning bir qancha moddalari yuzasidan yoshlar jinoyatchi bo’lib qolayotganligini ,misol uchun, JKning 277-moddasi “Bezorilik” jinoyati bo’yicha hozirgi kunda yoshlar o’rtasida avj olib ketganligi natijasida jabrlanuvchi tomonga moddiy ma’naviy, uning sog’ligiga etkazilgan zararning qancha miqdorda ekanligi masalalari yuzasidan gapirib o’tildi. O’zbekiston Respublikasida jinoyatlar sonini kamaytirish masalasi yuzasidan Prezident Sh.M.Mirziyoev tomonidan bir qancha ishlar amalga oshirilgan bo’lib, shulardan eng kattasi xaftaning har payshanba kunini xuquqbuzarliklar profilaktikasi kuni qilib belgilash va ushbu kunda hududda sodir etilayotgan jinoyatlar yuzasidan hisobot berish masalasi qo’yildi. Bundan tashqari hozirgi kunda mamlakatimizga sayyohlar oqimi ko’payganligini, shu bo’yicha Respublikaning har bir shahar va tumanlarida “Xavfsiz shahar” loyihasini amalga oshirish kabi ishlar olib borildi. O’quvchilar o’zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildi.
Tadbir so’ngida 25 — oktabr kuni «Ichki ishlari organlari kuni» munosabati bilan litsey direktori va o’quvchilar IIB xodimlariga tashakkur bildirib, bayram bilan tabrikladilar.

Chop etish