Домой / Без рубрики / CHDPI akademik litseyi o’quvchilari o’rtasida “Diniy-ma’rifiy muhitni barqarorligi, hamda diniy bag’rikenglik” mavzusidagi davra suhbati o’tkazildi.

CHDPI akademik litseyi o’quvchilari o’rtasida “Diniy-ma’rifiy muhitni barqarorligi, hamda diniy bag’rikenglik” mavzusidagi davra suhbati o’tkazildi.

Joriy yilning 6 noyabr kuni CHDPI akademik liseyi o’quvchilari o’rtasida “Diniy — ma’rifiy muhitni barqarorligi, hamda diniy bag’rikenglik” mavzusidagi davra suhbati o’tkazildi.
Tadbirda alohida qayd etilganidek, bag‘rikenglik o‘zbek xalqi ma’naviyati va madaniyatining ajralmas qismi hisoblanadi. Yurtimizda nafaqat ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy sohalar, balki zaminimizda istiqomat qilib kelayotgan turli millat va elatlar o‘rtasida do‘stlik rishtalarini yanada mustahkamlash, diniy bag‘rikenglik tamoyillarini qaror toptirishga ham alohida e’tibor qaratib kelinmoqda.
Suhbat davomida O‘zbekistonda turli millat va elatlar, diniy konfessiyalar vakillari o‘rtasidagi ahil-inoqlik, hamjihatlikni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar, tinchlik-osoyishtalik, barqarorlikni saqlash yo‘lida olib borilayotgan oqilona islohotlar, amaliy chora-tadbirlar haqida so‘z yuritildi.
Tadbirda mamlakatimizda istiqomat qilayotgan 130 dan ortiq millat va elat vakillari, 140 ga yaqin milliy-madaniy markazlar faoliyati, ularning o‘z ona tili, millati tarixi, qadriyatlari va madaniyatini o‘rganish borasida amalga oshirayotgan keng ko‘lamli ishlar to‘g‘risida kelajak avlod egalari – yoshlarga ma’lumot berildi.
Tadbirda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Chirchiq shahar bo’linmasi rahbari To’rayeva Muyassar Ismoilovna va Chirchiq shahar “Mahalla” kengashi raisi Ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo’yicha o’rinbosari Karimova Ma’rifat Tojiboy qizi ishtrok etdi.

Chop etish