Домой / Без рубрики / «Yoshlar shaxmat taxtasi» an’anaviy Respublika ochiq musobaqasida CHDPI akademik litseyi 1719 guruh o’quvchisi Imamov Islom faxrli birinchi o’rinni egalladi.

«Yoshlar shaxmat taxtasi» an’anaviy Respublika ochiq musobaqasida CHDPI akademik litseyi 1719 guruh o’quvchisi Imamov Islom faxrli birinchi o’rinni egalladi.

Joriy yilning 25-fevralida Chirchiq shahar Yoshlar Markazida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 19-martda ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusi hamda O’zbekiston Respublikasining «Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida»gi Qonunning 11-moddasi ijrosini ta’minlash, mamlakatimizda shaxmat sportini yanada kengroq targ’ib qilish va ommaviylashtirish, o’quvchilarni o’qishdan bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga ko’maklashish, o’sib kelayotgan yosh avlodning mantiqiy tafakkur darajasini o’stirish, yoshlarni sport musobaqalariga ommaviy jalb qilish maqsadida o’tkazilayotgan «Yoshlar shaxmat taxtasi» an’anaviy Respublika ochiq musobaqasining Chirchiq shahar bosqichi bo’lib o’tdi.
CHDPI akademik litseyi 1719 guruh o’quvchisi Imamov (Yusupov) Islom faxrli birinchi o’rinni egallab, viloyat bosqichiga yo’llanmani qo’lga kiritdi.

Chop etish