Домой / Без рубрики / Xush kelding, qadami qutlug’, Navro’zim!

Xush kelding, qadami qutlug’, Navro’zim!

Xush kelding, qadami qutlug’, Navro’zim!

CHDPI akademik litseyining 1619-guruh o’quvchilari Navro’z ayyomiga bag’ishlab ochiq ma’naviyat soati o’tkazdi. Unda barcha o’quvchilar faol ishtirok etishdi. Darsda she’rlar aytildi, musiqiy chiqishlar va raqslar namoyish etildi.O’quvchilar Navro’zning kelib chiqish tarixi hamda milliy urf-odatlarimiz haqida ma’lumot berib o’tdilar. O’quvchilar tomonidan taqdim etilgan raqslar va qo’shiqlar barchaga bahoriy kayfiyat ulashdi. O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari Rustamova Nazira Xabibullayevna so’zga chiqib, yig’ilganlarni bahor ayyomi bilan muborakbod etdi va o’quvchilarga o’z minnatdorchiligini bildirdi.

Chop etish