Домой / Psixolog xizmati

Psixolog xizmati

ALIEVA MOXINISO BAZAROVNA
Lavozimi: Psixolog
Qabul vaqtlari: Har kuni 9:00 – 18:00
Tel.: +99870-712-59-38
E-mail: chskhk@inbox.uz

Psixologik xizmatning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • psixologning yillik ish rejasida belgilangan vazifalarni bajarish va o’z ustida doimiy ishlash;
  • pedagogik jamoalarda sog’lom psixologik muhitni yaratish
  • va qo’llab-quvvatlash, jamoa a’zolarining hissiy-emosional holatlarini, shaxslararo munosabatlarni va ziddiyatli xatti-harakatlarni korreksiyalash, ularning psixologik madaniyatini yuksaltirish;
  • o’quvchilarning ta’lim va tarbiyasi, ular xulqidagi moyilliklar, shaxsning oilaga va jamiyatga moslashuvi, ijtimoiy va emosional muammolari bo’yicha pedagog xodimlar, ota-onalar va jamoat tashkilotlariga aniq tavsiyalar berish, ular bilan psixologik trening, suhbat, maslahatlar tashkil etish;
  • ijtimoiy muammolari, xulqida salbiy ta’sirlarga moyilligi mavjud o’quvchilarni psixologik kuzatib borish, ularning xulq-atvor motivlarini o’rganish, ta’lim muassasasining ijtimoiy muhitiga moslasha olmaslik holatlarini korreksiyalash, ularni ijtimoiy reabilitasiya qilish bo’yicha tadbirlarni tashkil etish va amalga oshirish;
  • axborot-psixologik xurujlarning xavfi, internetning salbiy ta’siri, yoshlar tarbiyasiga xavf solayotgan “ommaviy madaniyat”ning kirib kelishi holatlarining oldini olishga qaratilgan tadbirlarni o’tkazish bo’yicha psixologik tavsiyalar berish;
  • o’quvchilarning shaxsiy va ijtimoiy rivojlanishini kuzatish, ijtimoiy so’rovlar o’tkazish va psixologik-pedagogik tashxis qilish orqali ularning ta’lim-tarbiya jarayoniga, ijtimoiy-kasbiy muhitga samarali moslashuviga yordam berish;
  • pedagog xodimlar, o’quvchilar hamda ota-onalarning psixologik-pedagogik bilimlarini oshirishga ko’maklashish;
  • o’quvchilarning qobiliyati, layoqati, qiziqishlari hamda fan, kasbga moyilliklari asosida to’g’ri oliy ta’lim muassasasi va kasb tanlashlariga ko’maklashish;
  • iste’dodli va iqtidorli o’quvchilarni aniqlash, ularning individual-psixologik, fiziologik xususiyatlari va qiziqishlarini o’rganish, qobiliyatlarini namoyon etishlari va rivojlantirishlari uchun psixologik faoliyat yuritish;
  • psixologik xizmat faoliyatini tubdan yaxshilash, o’quvchilarni kasbga yo’naltirish va psixologik-pedagogik tashxis, korreksion-rivojlantiruvchi, psixoprofilaktika va psixologik maslahat ishlari samaradorligini oshirish;
  • turli yosh davrlarida o’quvchilarning shaxsiy, aqliy va ijtimoiy rivojlanishini psixologik jihatdan kuzatib borish, ta’lim-tarbiyadagi psixologik nuqsonlarni aniqlash, ularning aqliy taraqqiyotida sodir bo’lishi mumkin bo’lgan har qanday salbiy og’ishlarning oldini olish;
  • ilg’or xorijiy va mahalliy tajribalar asosida psixologik-pedagogik tashxis tizimiga axborot-kommunikasiya texnologiyalarini samarali tatbiq etish;

psixologiya fani yutuqlari, innovasion psixologik metodika va texnologiyalarni ta’lim jarayoni hamda psixologik amaliyotga tatbiq etish.