Yangiliklar

Chirchiq davlat pedagogika instituti akademik litseyi o’qituvchilari va o’quvchi — yoshlari o’rtasida “O’zbekiston – millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglik yurti” mavzusidagi ma’rifiy uchrashuv o’tkazildi.

Joriy yilning 26 sentabr kuni Chirchiq davlat pedagogika instituti akademik litseyi o’qituvchilari va o’quvchi — yoshlari o’rtasida “O’zbekiston – millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglik yurti” mavzusidagi ma’rifiy uchrashuv o’tkazildi. Millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglik mamlakatimizda qurilayotgan demokratik jamiyatning asosiy tamoyillaridan biri sanaladi. Shuningdek, millatlararo totuvlik – umumbashariy qadriyat hisoblanadi. Bu yurtimizda yashovchi turli millat va elat vakillarining o’zaro tinch-totuv yashashi, …

Batafsil

Shermetov Xusniyor Chirchiq davlat pedagogika instituti akademik litseyi O’zbekiston Yoshlar Ittifoqi boshlang’ich tashkiloti yetakchisi.

    2019-yilning 25-sentabr kuni Chirchiq shahar Yoshlar markazida Chirchiq davlat pedagogika instituti akademik litseyi o’quvchisi Shermetov Xusniyor O’zbekiston yoshlar ittifoqi Chirchiq shahar «Yetakchilar kengashi»  bosh yetakchisi etib saylandi hamda sertifikat bilan taqdirlandi. CHDPI akademik litsey maxsus guruh talabasi Shermetov Xusniyorni Chirchiq davlat pedagogika instituti akademik litseyi O’zbekiston Yoshlar Ittifoqi boshlang’ich tashkiloti yetakchisi bo’lganligi bilan tabriklaymiz va barcha ishlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Batafsil

“Adolatni madh etgum” nomli she’rxonlik tanlovi o’tkazildi.

     O’zbekiston “Adolat” SDP tashabbusi bilan 2019 yilning 5 oktyabr kuniga qadar adabiyot va she’riyatga qiziquvchi yosh qalamkashlar, pedagog-o’qituvchilar, o’quvchi-yoshlar, mamlakatimizning barcha hududlaridagi maktablarda ta’lim olayotgan o’quvchilar, erkin ijodkorlar hamda professional shoirlar o’rtasida “Adolatni madh etgum” nomli she’rxonlik tanlovi musobaqasi o’tkazilishi rejalashtirilgan. Ushbu tanlov- musobaqada faol ishtirok etish hamda O’zbekiston “Adolat” sosial-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashining 07 sentyabr 2019 yil …

Batafsil

CHDPI akademik litseyi «O’quvchilar safiga qabul qilish-qasamyod» tadbiri o’tkazildi.

Joriy yilning 20-sentabr kuni CHDPI akademik litseyi ertalabki saflanishida «O’quvchilar safiga qabul qilish- qasamyod» tadbiri o’tkazildi. Tadbirda I bosqich o’quvchilari litsey jamoasi va II bosqich o’quvchilari oldida bildirilgan ishonchni oqlashga, ichki tartib qoidalariga rioya qilishga, zimmalariga yuklatilgan vazifalarni sidqidildan ado etishga, ustoz va murabbiylar so’zlarini ikki qilmaslikka, Vatanni sevishga, litsey obro’si va nufuzini yuksak marralarga olib chiqishga, chuqur bilimga ega …

Batafsil

CHDPI akademik litsey «Yoshlar ittifoqi» yetakchilari uchrashuvi.

     Joriy yilning 17-sentabr kuni CHDPI akademik litsey ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari G.M.Xamidova va “Yoshlar ittifoqi” yetakchisi S.R.Tursunova  akademik litsey guruh faollari va yoshlar ittifoqi yetakchilariga yoshlar ittifoqi tashkiloti nizomining maqsad va vazifalari yoshlarga qaratilayotgan e’tibor va imkoniyatlar tushintirildi. O‘quv va ma’naviy-ma’rifiy jarayonlarda yoshlar ittifoqi tashkiloti yetakchilarining faoliyati, akademik litsey ichki tartib qoidalari haqida ma’naviyat va …

Batafsil

CHDPI akademik litsey o’quvchisi «Biatlon» sport musobaqasi g’olibi.

Chirchiq davlat pedagigika instituti akademik litseyi 11-19 guruh o’quvchisi Abdullayeva Alina Toshkent viloyati birinchiligi sport musobaqasida 11 — sentabr kuni «Vatanparvar» tashkiloti Chirchiq avtomobil maktabining «Yozgi biatlon» sport jamoasi tarkibida ishtrok etib, faxrli o’rinni egalladi. CHDPI akademik litseyi direktori K.A.Ruziyev g’olib o’quvchini tabriklab, faxriy yorliq bilan taqdirladi.  

Batafsil

Chirchiq Oliy Tank Qo’mondonlik muhandislik bilim yurtida “Ochiq eshiklar” kuni o’tkazildi.

   Joriy yilning 8-sentabr kuni Chirchiq Oliy Tank Qo’mondonlik muhandislik bilim yurtining tashkil topgan kuni munosabati bilan CHDPI akademik litsey maxsus harbiy guruh o’quvchilari “Ochiq eshiklar” kunida faol ishtrok etishdi. Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tayyorlash va Chirchiq Oliy Tank Qo’mondonlik muhandislik bilim yurtining harbiylari tomonidan harbiy jangovor tayyorgarlik va harbiy aslahalar bilan o’quvchilar tanishdi.

Batafsil

Chirchiq Davlat pedagogika instituti akademik litseyida «Jonajon O’zbekistonim mangu bo’l omon» shiori ostida tadbir o’tkazildi.

    Joriy yilning 4-sentabr kuni Chirchiq Davlat pedagogika instituti akademik litseyida «Jonajon O’zbekistonim mangu bo’l omon» shiori ostida tadbir o’tkazildi. Unda ota-onalar, akademik litsey jamoasi va talaba yoshlari ishtirok etishdi. Tadbirda Chirchiq Oliy Tank Qo’mondonlik muhandislik bilim yurti harbiylari tomonidan saf tortish, harbiy jangovor tayyorgarlik bo’yicha chiqishlar bilan ishtrok etishdi. Tadbirda CHDPI akademik litseyi direktori K.A.Ruziyev so’zga chiqib, O’zbekiston …

Batafsil