Yangiliklar

“Xotin-qizlarni xar tomonlama qo’llab – quvvatlash doimiy e’tiborimiz markazida bo’ladi” mavzusida tadbir bo’lib o’tdi.

Joriy yilning  25 yanvar kuni Chirchiq shaharidagi 7-sonli musiqa va san’at maktabida “Xotin-qizlarni xar tomonlama qo’llab – quvvatlash doimiy e’tiborimiz markazida bo’ladi” mavzusida tadbir bo’lib o’tdi. Tadbirda shahar prokurori, adliya katta maslahatchisi B.T.Ibrahimov, Chirchiq shahar hokimining xotin-qizlar qo’mitasi raisi Z.T.Mirgaziyeva va madaniyat xodimlari bilan birgalikda davra suhbati o’tkazildi. Tabdirda CHDPI akademik litsey 1519 guruh o’quvchi qizlari, litsey psixologi va yoshlar yetakchisi …

Batafsil

Fanlar haftaligi doirasida «Rus tili» fanidan ochiq dars mashg’uloti o’tkazildi.

Joriy yilning 25-yanvar kuni «Rus tili va adabiyoti» fani o’qituvchisi R.Saidnasirova tomonidan 1519-guruhida “Глагол. Категория вида и времени. Наклонение глагола, Русский речевой этикет” mavzusida ochiq dars o’tkazildi. Darsda o’quvchilar tomonidan o’tilgan mavzu «Опросник», «Кто быстрее», «Слова потерялись», «Лови ишибки», «Пиши правильно» metodi yordamida o’tildi. So’ngra o’quvchilar yangi mavzu bo’yicha o’zlari tayyorlagan slaydlar orqali darsni davom ettirdilar.

Batafsil

CHDPI akademik litseyi xorijiy filologiya 1619 guruhi oʼquvchilari atoqli Abdulla Qodiriy uy-muzeyiga tashrif buyurishdi.

Ushbu uy-muzey 2019-yil Abdulla Qodiriy tug’ilgan kunning 125 yilligi munosabati bilan Prezidentimiz tashabbusi bilan ochilgan boʻlib, hozirgi kunda Qodiriy ijodi muxlislari uchun qutlugʻ dargohga aylangan. Muzey eksponatlari Qodiriy va u yashagan davr haqida tasavvur beradi. Muzey xodimlari adib bilan bogʻliq qimmatli maʼ lumotlarni soʻzlab berishdi. CHDPI akademik litsey oʻquvchilar muzeydan olam-olam taassurotlar bilan qaytishdi.

Batafsil

Yoshlar ittifoqi Chirchiq shahar Kengashi raisi Nurlibayev Nuriddin va CHDPI akademik litsey o’quvchilari bilan davra suhbati o’tkazildi.

Joriy yilning 20-yanvar kuni CHDPI akademik litdey o’quvchilari bilan  Yoshlar ittifoqi Chirchiq shahar Kengashi raisi Nurlibayev Nuriddin va Toshkent viloyati ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari ishtirokida “Mediasavodxonlik” va “Korrupsiyaga qarshi kurash” mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi. Davra suhbatida o’quvchi yoshlar o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Batafsil

Tugʻilgan kun muborak!

Bugun Chirchiq davlat pedagogika instituti akademik litseyi direktori Kurbanali Abdujaborovich Ruziyev tavallud topgan kun. Kurbanali Ruziyev 1973-yilning 16-yanvarida Toshkent viloyati Bo’stonliq tumanida tavallud topgan. 1992-1996-yillarda Toshkent davlat pedagogika institutida tahsil olgan. Mehnat faoliyatini Toshkent shahar Sergeli tumani o’quvchi va yoshlarning ilmiy-texnika ijodiyot markazi bo’lim boshlig’i sifatida boshlagan K.Ruziyev keyinchalik bir qator tashkilotlarda faoliyat koʻrsatgan. 2016-2018- yildan Toshkent kimyo texnologiya instituti qoshidagi Chirchiq akademik litseyi direktori, 2018-yildan eʼtiboran Chirchiq davlat …

Batafsil

CHDPI tarix va tillar fakulteti va CHDPI akademik litseyi hamkorligida 14-yanvar Vatan ximoyachilari munosibati bilan yangi kitoblar taqdimoti o’tkazildi.

CHDPI tarix va tillar fakulteti va CHDPI akademik litseyi hamkorligida 14-yanvar Vatan ximoyachilari munosibati bilan yangi kitoblar taqdimoti o’tkazildi. Taqdimotda «Mard ug’lonlar nomi barhayot» va Sherzod Hikmatovning «Shaxdam qadamlar sehri» nomli asarlar taqdimoti o’tkazildi. Tadbirda CHDPI tarix va tillar fakulteti AKM rahbari B.Sultonova CHDPI akademik litseyi AKM yetakchi mutaxassisi X.A.Tuychiboev va litsey o’qituvchisi I.Iskandarov hamda harbiy guruh 10-19 o’quvchilari qatnashdilar.

Batafsil

CHDPI akademik litseyida 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni bayramiga bag’ishlangan “Mardlar qo’riqlaydi Vatanni” tadbiri o’tkazildi.

Sharafli sana – 14 yanvar, har yili mamlakatimizda har yili respublikamizda keng nishonlanib kelayotgan Vatan himoyachilari kuni va O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kularining 28-yilligi arafasida CHDPI akademik litseyi sport zalida “Vatan himoyachilari kuni”ga bag’ishlangan “Mardlar qo’riqlaydi Vatanni”  tadbiri bo’lib o’tdi. Bayramni tabrik so’zlari bilan CHDPI akademik litseyi direktori K.Ruziyev ochib berdi. Tadbirda 10-18 guruhi o’quvchilari tomonidan harbiy chiqishlar, «Balli yigitlar» ko’rik tanlovi, o’quvchilar …

Batafsil

CHDPI akademik litseyi direktori K.A.Ruziyevning 14 yanvar – “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan barchani tabrikladi.

Qadrli ustozlar, hurmatli talabalar!    Hurmatli va qadrli aka ukalarim! Barchangizni 14 yanvar O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 28 yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan chin qalbimdan tabriklayman! Barchangizga mustahkam sog‘lik, baxt va omad, ona-Vatanni himoya qilishdek sharafli ishingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman. G‘ayrat va shijoat, mardlik va jasorat hech biringizni tark etmasin! Vatanimiz tinch, osmonimiz musaffo bo‘lsin! Baxtimizga …

Batafsil

CHDPI akademik litseyida Vatanparvarlik oyligi tadbirlari o’tkazilmoqda.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 13-dekabrdagi «Vatan himoyachilar kunini nishonlashga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish to’g’risida»gi PF-5529 sonli Farmoyishi talablari ijrosini ta’minlash maqsadida Mudofaa vazirligi qo’shinlarida Vatanparvarlik oyligi o’tkazilmoqda. Shu munosabat bilan CHDPI akademik litseyi tadbirlarida g’olib o’quvchilar taqdirlandi.  

Batafsil

CHDPI akademik litsey o’quvchilari harbiy prokuratura xodimlari bilan uchrashuvi bo’lib o’tdi.

Prezidentimizning “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 28 yilligi hamda Vatan himoyachilari kunini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoyishida 2019 yil 15 dekabrdan 2020 yil 15 yanvarga qadar vatanparvarlik oyligini o‘tkazish belgilandi. Oylik doirasida CHDPI akademik litseyida qator tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, 10-yanvar kuni Chirchiq shahar harbiy prokuraturasi va xizmatchilari bilan bo’lgan muloqotda o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. Tadbirda askarlar tpmonidan …

Batafsil

Nurafshon shahridagi amfiteatrda Toshkent viloyati hokimligi, Mudofaa boshqarmasi va O’zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent viloyati Kengashi hamkorligida harbiy-vatanparvarlik bayrami bo’lib o’tdi.

Joriy yilning 9-yanvar kuni Nurafshon shahridagi amfiteatrda Toshkent viloyati hokimligi, Mudofaa boshqarmasi va O’zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent viloyati Kengashi hamkorligida harbiy-vatanparvarlik bayrami bo’lib o’tdi. Tadbirda CHDPI akademik litseyi maxsus guruhi o’quvchilari xam ishtirok etib, harbiy texnika bilan xam yaqindan tanishdilar.

Batafsil

Chirchiq oliy tank qo’mondon muhandislik bilim yurtida ochiq eshiklar kuni tadbiri o’tkazildi.

    O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 13-dekabrdagi «Vatan himoyachilar kunini nishonlashga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish to’g’risida»gi PF-5529 sonli Farmoyishi talablari ijrosini ta’minlash maqsadida Mudofaa vazirligi qo’shinlarida Vatanparvarlik oyligi o’tkazilmoqda. Shu munosabat bilan joriy yilning 8-yanvar kuni CHDPI akademik litseyi 10-19 maxsus guruh o’quvchilari Chirchiq oliy tank qo’mondon muhandislik bilim yurtida ochiq eshiklar kuni tadbirida ishtirok etdi.

Batafsil

Chirchiq tibbiyot kollejida akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida o’quvchilarning umumta’lim fanlari bo’yicha respublika olimpiadasining II-(tuman, shahar) bosqichi o’tkazildi.

2020-yilning 3-4 yanvar kunlari Chirchiq tibbiyot kollejida O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2019-yil 26-dekabrdagi 87-04-3129-sonli xatining ijrosini ta’minlash, akademik litseylari va kasb-hunar kollejlarining iqtidorli va qobiliyatli o’quvchilarini aniqlash, qo’llab-quvvatlash maqsadida 2019/2020 o’quv yili umumta’lim fanlari bo’yicha Respublika olimpiadasining II-(tuman, shahar) bosqichi o’tkazildi. Respublika olimpiadasining II-bosqichi 13 ta fan bo’yicha o’tkazildi. Olimpiada test, yozma ish, og’zaki va laboratoriya …

Batafsil

YANGI YIL TABRIGI

Qadrli hamkasblar! Aziz o’quvchi yoshlar! Sizlarni kirib kelayotgan yangi 2020-yil bilan samimiy muborakbod etaman! Yangi yil Siz azizlarga ulkan muvaffaqiyatlar, baxtu-saodat, tinchlik-xotirjamlik, sihat-salomatlik va xonadonlaringizga fayzu-baraka olib kelsin! Yurt tinchligi, Vatan ravnaqi va xalq farovonligi yo`lida olib borayotgan sermazmun va fidokorona mehnatingizda omad va zafarlar doimo yor bo`lsin! CHDPI akademik litseyi direktori Ruziyev Kurbanali Abdujaborovich

Batafsil

Chirchiq davlat pedagogika instituti akademik litseyida pedagogik kengash yig’ilishi bo’lib o’tdi.

Joriy yilning 28-dekabr kuni CHDPI akademik litseyida pedagogik kengash yig’ilishi bo’lib o’tdi. Pedagogik kengash yig’ilishda 2019 — yil sarhisobi, ijro nazorati, o’quvchilar davomati, kafedra mudirlari hisoboti, hamda 2-tur olimpiadaga tayyorgarlik ko’rish yuzasidan axborot berildi. O’quv bo’limi tomonidan o’qituvchilarning o’quv me’yoriy hujjatlari nazorati monitoring qilindi.

Batafsil