Yangiliklar

Ichki turizmni rivojlantirish maqsadida CHDPI akademik litseyining o’qituvchi-pedagoglari Buxoro shahriga sayohati uyushtirishdi

    Joriy yilning dam olish kunlari ichki turizmni rivojlantirish maqsadida CHDPI akademik litseyining o’qituvchi-pedagoglari Buxoro shahriga sayohati uyushtirishdi. Sayohat davomida o’qituvchilar Buxoro shahridagi Sitorai Mohi Xosa maqbarasi, Labi hovuz, ARK va boshqa tarixiy obidalar va maqbaralarga tashrif buyurishdi. Keyingi kuni Buxoro shahri bo’ylab turistik sayohat davomida sayohatchi pedagoglar 7 pir, shuningdek, Bahouddin Naqshbandiy memorial majmuasi, Sitorai Moxi Xosa saroyi …

Batafsil

Buyuk sarkarda Amir Temur tavalludining 685 yilligi munosabati bilan CHDPI akademik litseyining 1-bosqich o’quvchilari o’rtasida «Zakovat» intellektual o’yini o’tkazildi.

    Joriy yilning 9 aprel kuni buyuk sarkarda Amir Temur tavalludining 685 yilligi munosabati bilan CHDPI akademik litseyining 1-bosqich o’quvchilari o’rtasida «Zakovat» intellektual o’yini o’tkazildi. O’yinda xar bir guruhdan 6 nafardan ishtirokchi, jami 36 nafar o’quvchi ishtirok etdi. O’yin natijasiga ko’ra 1120-guruh o’quvchilari g’olib bo’lib «Zakovat » kubogi bilan taqdirlandi. CHDPI akademik litseyining ijrochi direktori K.A.Ruziyev, litsey uslubchisi Z.Sh.Mirzayeva …

Batafsil

«Masjid Ali» ziyoratgohi (Kumushkon)ga sayohat

    Joriy yilning 9 aprel kuni ChDPI akademik lisey o’qituvchi va o’quvchilari bilan Kumushkonga tashrif uyushtirildi. Parkent tumanidagi ushbu ziyoratgoh Kumushkon qishlog’idagi Chashma mahallasining eng yuqori qismida joylashgan.

Batafsil

CHDPI akademik litsey va Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti professor o’qituvchilaridan tuzilgan jamoalar o’zaro bellashishdi.

      Joriy 2021 yilning 3 aprel kuni Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika institutida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2020 yil 30 oktyabrdagi “Sog’lom turmush tarzini keng tadbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash, fuqarolarni, ayniqsa, xotin-qizlar o’rtasida sog’lom turmush tarzini keng targ’ib qilish va ommaviy sportga jalb etish maqsadida sportning voleybol turi bo’yicha …

Batafsil

«Xorijiy tillar» kafedrasi haftaligi doirasida ingliz tili fani o’qituvchisi Kamilova Zulfira «Food,glorious food» mavzusida ochiq dars tashkillashtirdi.

2021 yil 31 mart kuni «Xorijiy tillar» kafedrasi haftaligi doirasida ingliz tili fani o’qituvchisi Kamilova Zulfira «Food,glorious food» mavzusida ochiq dars tashkillashtirdi. Dars jarayoni turli topshiriqlar bilan boyitildi. Topshiriqlarni bajarish bilan bir qatorda o’quvchilar sog’lom turmush tarzi,genetik o’zgargan mahsulotlar haqida ham to’liq ma’lumotlarga ega bo’ldilar.

Batafsil

2021-2022 o’quv yili uchun umumiy o’rta ta’lim maktablarini tamomlagan 9-sinf bitiruvchilarini tanlab olish va o’qishga qabul qilish bo’yicha ma’lumotnoma.

2021-2022 o’quv yili uchun umumiy o’rta ta’lim maktablarini tamomlagan 9-sinf bitiruvchilarini tanlab olish va o’qishga qabul qilish bo’yicha ma’lumotnoma Quyidagi chuqurlashtirilgan ta’lim yo‘nalishlari mavjud: • Aniq fanlar (matematika-fizika) • Aniq fanlar (matematika-ingliz tili) • Tabiiy fanlar (biologiya-kimyo) • Ijtimoiy- gumanitar (tarix-ingliz tili) • Xorijiy filologiya (ingliz tili-tarix) O’qish muddati: 2 yil. Tel:70716-57-41 E-mail: chdpial@inbox.uz Asosiy sahifa Telegram:@chdpial Kanalga ulanish👇👇 https://t.me/chdpial

Batafsil

CHDPI akademik litseyida o’quvchilari ishtirokida sportning shaxmat sport turi bo’yicha to’garaklar yo’lga qo’yildi.

  O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Shaxmatni yanada rivojlantirish va ommaviylashtirish hamda shaxmatchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida CHDPI akademik litseyida o’quvchilari ishtirokida sportning shaxmat sport turi bo’yicha to’garaklar yo’lga qo’yilgan. Shuningdek to’garak rahbari rejasi  asosida pedagog va o’quvchilar ishtirokida musobaqalar ham o’tkazilib boriladi.

Batafsil

CHDPI akademik litseyida zamonaviy kompyuter to’plami va internet tarmog’i o’rnatildi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 3 dekabrdagi “Iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimi va akademik litseylar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-4910-son qarorida ko’zda tutilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida, TVCHDPI tomonidan informatika xonasi uchun 24-dona shaxsiy kompyuter va 2 dona multimediali proektor, 2 dona web kamera o’rnatildi. Jumladan kompyuterlar yuqori tezlikka ega internet tarmog’iga xam ulangan. Barcha litsey o’quvchilari besh uhim tashabbus …

Batafsil

2-kurs bitiruvchilari o’rtasida CEFR «Chet tilini bilish darajasini aniqlash va malaka sertifikatini olish» uchun imtihon tashkil etildi.

🔰 2021 yil 27 martda TVCHDPI bosh binosida Chirchiq davlat pedagogika instituti akademik lisey O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 3 dekabrdagi PQ-4910 son “Iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimi va akademik liseylar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida  Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat Test Markazi tomonidan  2-kurs bitiruvchilari o’rtasida  «Chet tilini bilish darajasini aniqlash va malaka sertifikatini olish» uchun imtihon …

Batafsil

TVCHDPI MUSIQA TA’LIMI YO‘NALISHI O’QITUVCHI VA IQTIDORLI TALABALARI CHDPIAL O’QUVCHILARIGA MUSIQADAN TO’GARAK TASHKILLASHTIRILMOQDA.

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti Pedagogika fakulteti, Musiqa ta’limi yo‘nalishining o’qituvchi va iste’dodli talabalari tomonidan CHDPI akademik litsey o’quvchilari uchun musiqa va cholg’u asboblarni chalish bo’yicha to’garaklar tashkil qilingan. Qo’shimcha murojaat uchun Yoshlar yetakchisi yoki guruh rahbaringizga uchrashishingiz mumkin.

Batafsil

2021-yil 27-mart kuni CHDPI akademik litseylari bitiruvchi bosqich o‘quvchilarining chet tilini bilish darajasini aniqlash imtihonlari boshlanadi.

#CEFR 2021-yil 27-mart kuni CHDPI akademik litseylari bitiruvchi bosqich o‘quvchilarining chet tilini bilish darajasini aniqlash imtihonlari boshlanadi. Test sinovlarining yozma (tinglab tushunish, o‘qish, leksik va grammatik kompetensiyalar, yozma ish) qismi bir smenada tashkil etiladi hamda Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti (ARM) binosida (sobiq litsey binosi) o‘tkaziladi. 📌 1-smena 09:00 da boshlanadi. Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan joyga test sinovi boshlanishidan …

Batafsil

O’ZARO HAMKORLIK- SAMARALI NATIJA

TVCHDPI Informatika kafedrasi o’qituvchilari va CHDPI akademik litsey informatika fani o’qituvchilari hamkorligda reja asosida belgilangan vazifalar bajarilmoqda. TVCHDPI Informatika kafedrasi mudiri D.G.Axmedjanov TVCHDPI “IT MARKAZ” haqida litsey o’quvchilariga ma’lumot berdi. Hozirda litsey informatika xonasiga keltirilgan kompyuter jihozlari va dasturlash tillari bo’yicha o’quv kurslari, besh muhim tashabbus doirasida tashkil qilingan to’garaklar haqida litsey o’quvchilariga ma’lumot berdi.

Batafsil

O’ZARO HAMKORLIK- SAMARALI NATIJA

TVCHDPI «Aniq fanlar» va «Matematika» fakulteti hamkorlikda CHDPI akademik litseyining 1019, 1119, 1219 — guruhlarida matematika fanidan test sinovlari o’tkazildi.

Batafsil

CHDPI akademik litseyda «Rektor soati» o’tkazildi.

✅ 26 mart kuni akademik litseyda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 3 dekabrdagi “Iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimi va akademik litseylar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-4910-son qarorida ko’zda tutilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida, TVCHDPI rektori Muxamedov Gafurdjan Israilovich tomonidan akademik litsey pedagog-xodimlari va o’quvchilari ishtirokida «Rektor soati» o’tkazildi. ♻️ Akademik litseyda o’quv-tarbiya jarayonini sifatli tashkil etish, ta’lim jarayonini tubdan yaxshilash, …

Batafsil