Домой / O’zbekiston madaniyati

O’zbekiston madaniyati

O`zbek xalqi o`zining boy va rang — barang madaniyatiga ega. Bu ko`pgina qadimiy xalqlar madaniyati uyg`unligi samarasidir.

O`zbekiston  huhudlarida urf — odatlar bir — biridan farq qiladi. Muayyan viloyat yoki shaharning faqat o`zigagina hos bo`lgan liboslari, san’at maktablari, musiqasi bo`lib, hattoki suhbatdoshning shevasiga asoslanib ham, uning Vatani qayerligini xatosiz  bilib olish mumkin.

O`rta Osiyo xalqlari madaniyati ming yilliklar davomida shakllangan bo`lib, hayotning har bir jabhasini tartibga solgan, agarda kimdir yaxshi xulq qoidalariga bo`ysunmasa xalq oldida obro`sizlantirilgan…

Sharqiy va Markaziy — Osiyo mamlakatlarida o`zini anglash va hurmat qilish islom dini asosida kechadi. Shu sababli insonlarning kelib chiqishi va ijtimoiy holatidan qat’i nazar ushbu urf — odat  va an’analarga rioya qilish ularning burchlariga aylangan.

Vaqt hukmi bilan Markaziy Osiyo va O`zbekistonda o`z madaniyati va an’analari  avvalgilarini saqlab qolgan holda to`liq shakllandi.

Kim biladi, balki, bugungi kunda barchaga ma’lum bo`lgan sharq mehmondo`stligi bizgacha yetib kelgan qadimiy xalqlarning urf — odatlarini o`zida aks ettirar… Qadimda, o`zbek xalqi uchun mehmondo`stlik – nafaqat hayot qonuni, balki axloqiy madaniyatning ham qoidalaridan biri edi.

Uzoq yo`lga otlangan sayohatchi o`ziga begona shaharda, hatto dushmanlari hududida ham bo`lib qolishi mumkin edi. Lekin, uni umid ruhlantirardi: yaqin qishlaoq,  hatto yolg`iz chodirda ham unga boshpana berishadi, iliq kutib olishadi…

Mehmonni kutib olmaslik, yoki uni yaxshi qarshilamaslik – an’analarga rioya qilmaslik hisoblanib, bunday holatga o`z oilasini, qishlog`ini va nasl — nasabini  isnodga qo`yish deb qaralgan. An’analar hatto dushmanini ham mehmondo`stlik bilan qarshilashga chaqirgan.

Hozirgi kunda esa, mehmondo`stlik qoidalari kishilarning o`zaro aloqalarini mustahkamlashga xizmat qiluvchi  go`zal va foydali an’analarga aylangan. O`zbeklar odatda katta oilada yashaydilar, ushbu dargoh bir nechta avloddan iborat bo`lishi mumkin, ularning barchasida o`zaro va  kattalarga nisbatan hurmat hukm suradi. Ayollar va erkaklarga nisbatan ham, nozik chegara mavjud. Qo’l berib ko`rishish asosan faqat erkaklarga hos, ayollarga nisbatan esa, boshqacharoq tadbir qo`llaniladi: qo`lni kko`ksiga qo`ygan holda yengil ta’zimning o`zi kifoya.

Tushlik yoki kechki ovqatga taklif etilganda rad etish yoki kechikib kelish hurmatsizlik hisoblanadi. Odatda, mehmonga honadon egalari uchun sovg`alar va bolalar uchun shirinliklar bilan boriladi. Uyga kirishda oyoq kiyim yechiladi. Qadimiy odatlarga ko`ra, erkaklar va ayollar alohida — alohida stollarda o`tirishlari kerak, lekin bu odatga to`liq qishloqlarda amal qilinadi. Honadon egasi mehmonlarning joylashishlarini ta’minlaydi, hurmatli va yoshi katta mehmonlar eshik oldidan uzoqroq joyga, yuqoriga o`tqaziladi. Mehmonga kelganlardan yoshi ulug`i fotiha oqigandan so`ng, honadon egasi mehmonlarni an’anaviy “bir payola choy” bilan mehmon qiladi, shundan keyingina ovqat  tanovul qilish boshlanadi.

O`zbek xalqining urf — odat va an’analari ko`p yillar davomida, zardushtiylar, baqtriyaliklar va so`g`dlar ma’naviy merosi, boshqa tarafdan ko`chmanchi qabilalar, keyinroq esa Qur`oni Karimda ko`zda tutilgan islom an’analari asosida shakllandi.

SALOMLASHISH

Qadim zamonlardanoq ikki musulmon kishi ko`rishib qolishsa, oralaridagi munosabat do`stona yoki aksi bo`lishiga qaramay, bir — birlari bilan salomlashishlari kerakligi ta’kidlangan. Salom berilganda esa alik olish farz hisoblangan. Bunda ijtimoiy tarafdan yuqori pog`onada turuvchi kishilar past pog`ona vakillariga salom berishlari (aksi emas), otda ketayotganlar piyodalarga, kichiklar kattalarga, boshliqlar o`z hizmatchilariga salom berishlari kerak bo`lgan.

Agar bir kishi bilan bir nechta kishilar salom bersalar, bir marta alik olinadi – bu javob hammaga barobar tegishli bo`ladi.

Va albatta, shafqatsiz, tarbiyasiz va noinsof odamlar bilan salomlashish qat’iyan man etilgan. Agar bunday kishilar “yaxshi” odamlarga salom bersalar har qanday vaziyatda ham alik olish joiz bo`lmagan.

MEHMONDO`STLIK

Qadimiy mehmondo`stlik qoidalaridan birida aytilishicha, agarda siz kimdirni mehmonga chaqirayotgan paytingizda u kishining atrofida boshqa kishilar bolsa, ularning barchasini mehmonga taklif etish kerak bo`ladi. Kim bu qoidaga amal qilmasa, hurmatsiz va tarbiyasiz kishi deb hisoblanilgan.

Avvallari taklifni doimo minnatdorchilik bilan qabul qilish kerak, deb hosoblanilgan bo`lsa, hozirda esa bunga yetarli sabab bo`lsagina uzr so`rab, taklifni rad etish mumkin. Taklifni qabul qilganlar ma’lum qoidalarga amal qilishlari kerak bo`ladi, masalan, mehmonga “quruq qo`l bilan” borilmaydi. Mehmon o`zi bilan kichik sovg`alar olib kelishi hurmat va ehtirom ifodasidir.

Odatda, ahamiyatga ega har qaday tantanaga (to`y marosimi, yubiley…) ko`p sonli insonlar taklif etiladi, an’anaga ko`ra taomlarning ko`plab turlari tayyorlanadi. Mezbonni hurmat qiluvchi har bir mehmon hech bo`lmaganda har bir taomni tatib ko`rishi lozim. Taomlanish gazaklardan boshlanib, keyin suyuq ovqatlar tortiladi, shundan so`nggina 1 — 2 asosoy ovqatlarga o`tiladi. Agar menyuda palov bor bo`lsa, eng ohirida mehmonlarga ulashiladi. Bu payt hammaga tantana yakuniga yetayotgani ma’lum bo`ladi, lekin hech kim bir — birovini shoshiltirmaydi. Mehmonlar hotirjam suhbatlashishda davom etadilar, choy ichadilar, mevalar yoki shirinliklardan tatib ko`radilar va shundan keyingina mezbonlar hamda boshqa mehmonlar bilan hayrlashib, ketishga shaylanadilar.

MILLIY MUSIQA

O`zbekiston musiqasi Yaqin Sharq musiqa san’atiga yaqin bo`lib, ohangdor tovushlar uyg`unligi go`zal  musiqiy asarni yaratadi.

O`zbek xalq musiqasi serqirra mavzulari va janrlari xilma — hilligi bilan ajralib turadi. Qo`shiqlar va musiqa asboblari yordamida chalinadgan kuylar o`z vazifasi va hayotda qo`llanilishiga asoslanib ikki guruhga bo`linadi: muayyan vaqtda va sharoitda kuylanadigan yoki chalinadigan, hamda barcha payt ijro etilishi mumkin bo`lgan qo`shiq va kuylarga. Birinchi guruhga marosimlar, mehnat jarayoniga,sahna asarlari va ko`rgazmali chiqishlar va xalq o`yinlariga hos bo`lgan musiqa namunalarini kiritish mumkin.

O`zbek xalqi o`z qo`shiqlari bilan ham mashhurdir.

Qo`shiq — she’riy matn bir yoki ikki bandni o’z ichiga olgan kichik doiradagi musiqa.

Lapar va yallada – qo`shiq bilan umumiylik bor, she`riy bandlar bilan aytiladigan musiqa turi. Bu janrlar hazilomuz musiqa, matn va raqslarga egaligi bilan ham alohida ajralib turadi.

Lapar – qo`shiq orqali muloqot bo`lib, Xorazmda esa yakkaxon xonanda ijrosidagi qo`shiq shunday ataladi.

Yalla janri o`zida ikki turdagi qo`shiqni mujassamlashtiradi: kichik diapazondagi kuylash va yakkaxon — raqs bilan bir vaqtning o’zida kuylashni. Bunday turdagi qo`shiqlar uchun xalq so`zi va Sharq shoirlarining san’at namunalaridan foydalaniladi.

Eng taniqli xalq og`zaki ijodi namunalaridan bo`lib – ashulalar hisoblanadi. Professional musiqa an’analariga suyangan holda ijro etiladi.

O`zbek musiqa merosida asosiy o`rinni dostonlar (lirik — qahramonlardan tarkib topgan epik ijro etish) egalaydi.

Maqomlar – musiqa an’analarining mumtoz jamlanmasini o`zida aks ettiradi.

Musiqa xalq madaniyati rivojlanishida muhim rol o`ynaydi. Asrlar o`tsa hamki, ushbu san’at turi deyarli o`zgarmadi, aksincha, yangi tajriba va ohangdorlikka ega bo`ldi.

MILLIY RAQSLAR

Raqs o`zida xalqning boy ma’naviy merosi, urf — odat va an’analarining yorqin ifodasini  aks ettiradi.

Mahorat bilan musiqa ohangiga mos aylanish va piruetlar, qo`l, bosh va yelkalarning  nozik harakatlari, imo — ishoralar, raqqosaning yonib turuvchi nigohi – atrofdagilarga uning ichki dunyosi hamda ichki kechinmalari haqida so`zlaydi.

O`zbek raqs san’ati Farg`ona, Xorazm va Toshkent raqs maktablarini o`z ichiga oladi. Har bir maktab o`ziga hos xususiyatlari, ijro etilishi, musiqasi va liboslari asosida bir — biridan tubdan farq qiladi.

Raqsni bekorga xalq qalbi deya atashmaydi. Milliy raqslarimizga qarab turib, butun dunyodagi raqs sana’ti namunalari ichida takrorlanmas ekanligni fahr bilan ta’kidlay olamiz.

HASHAR 

O`zbek xalqi faqatgina o`zning mehmondo`stligi bilan emas, o`zaro yordamga ham doimo tayyorligi bilan ham jahonga mashhur. Xursandchilik va g`am — tashvishda ham bir — birlarini yolg`izlatib qo`ymaslikka urinadilar, bunday namunalarni ko`plab keltirish mumkin.

Har bir o`zbek oilasi uchun yangi uyning qurilishi alohida ahamiyat kasb etadi. Albatta, bu hodisaga tajribali mutahassislar taklif etiladi. Lekin, shunday payt keladiki, muayyan ish turini tez va soz bajarish kerak bo`lib, bu ishga ko`pchilikni jalb etish kerak bo`ladi. Quruvchilarga yordamga ko`pchilik shoshilishadi: qarindoshlar, do`stlar, qo`shnilar, tanish — bilishlar, … Bu hodisa hashar ko`rinishida aks etadi.

Hasharga chaqirilganda, odatga ko`ra hech qachon rad etilmaydi. Ancha vaqt oldin qaysi turdagi ishni qaysi paytga bajarish kerakligi kelishib olinadi. Maslahatlashgan holda ishlar amalga oshiriladi, kata hajmli ish umumiy tushlik yoki kechki ovqat bilan yakunlanadi.

Hashar ko`p hollarda yolg`iz qariyalarga, bemor kishilarga, shu bilan birga uy ta’mirlashda va tomorqa ishlarida ko`maklashishda o`tkaziladi.

Ish jarayonida ko`plab boshqa millat vakillari ham qatnashadilar. O`zbeklar uchun uy qurishda faqatgina o`zbeklar emas – koreyslar, ruslar, tojiklar, tatarlar va boshqalar ham ishtirok etadilar. Koreys yoki rus millati vakillariga ko`maklashishda esa – o`zbeklar ham jon deb yordam qo`lini cho`zadilar.

MILLIY OSHXONA

Butun dunyoda ma’lum va mashhur o`zbek oshxonasi haqida so`z yuritmoqchimiz. O`zbek ovqatlanish  madaniyatida uch mahallik ovqat tanovuli ko`zda tutiladi. Nonushtaning so`zma — so`z tarjimasi – “non sindirish” (ushatish) ma’nolarini anglatadi. Nonga bo`lgan hurmat qadim — qadimdan shakllangan bo`lib, uni yerga tashlamaslikka va dasturxonga yuzini yerga qaratib qo`ymaslikka chaqiradi.

Har bir taomlanish jarayoni shoshilishni yoqtirmaydi va choyxo`rlik bilan davom etadi. O`zbekistonda ko`k choyni yaxshi ko`rishadi va har qaysi yil faslida iste’mol qilishadi – qishda isinishga yordam bersa, yozda salqinlanishga yordam beradi.

Har bir viloyatning o`ziga hos oshxonasi bo`lib, an’anaviy osh, somsa, nonlar va kabob kabi ovqatlarning tayyorlanishi va ta’mi bilan bir — biridan farq qiladi.  Milliy taomlar asosan go`shtli, guruchli va xamirli taomlardan iborat bo`lib, lag`mon, sho`rva, manti, shavla, kabob va boshqalar so`zimiz dalilidir. Sevimli milliy taom – osh hisoblanadi. Shu bilan bir qatorda sabzavotlar, mevalar, uzum va qovun ham ko`plab iste’mol qilinadi. Dasturxonga doimo sharqona shirinliklar, yong`oqlar, bodomlar qo`yiladi.

Non asosan bug`doy unidan yopiladi, non mahsulotlarining turi juda keng. Dasturxonda o`tirish odobi va milliy idishar milliylikni o`zida aks ettiradi.