Домой / O’quvchilar uchun

O’quvchilar uchun

O’quvchilar safiga qabul qilish, chetlashtirish, kursda qoldirish, qayta tiklash va boshqa ta’lim muassasasiga ko’chirish tartibi

 Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 29 dekabrdagi 367- son qaroriga 
1-ilova

O’zbekiston Respublikasi o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o’quvchilari o’qishini ko’chirish, qayta tiklash va o’qishdan chetlashtirish tartibi to’g’risida

NIZOM

  1. Umumiy qoidalar
  2. Ushbu Nizom o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o’quvchilari o’qishini ko’chirish, qayta tiklash va o’qishdan chetlashtirish tartibini belgilaydi.
    2. O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o’quvchilari o’qishini ko’chirish, qayta tiklash va o’qishdan chetlashtirish masalalari O’zbekiston Respublikasi fuqarolarining majburiy o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi olish huquqini inobatga olgan holda hal etiladi.
  3. O’quvchilarning o’qishini bir o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasidan boshqasiga ko’chirish, shuningdek ilgari o’qishdan chetlashtirilgan o’quvchilarni o’qishga qayta tiklash, qoidaga ko’ra, yozgi ta’til davrida, tegishli kurs (semestr)da o’quv mashg’ulotlari boshlanishiga qadar amalga oshiriladi.
    4. O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida o’qishni ko’chirish yoki qayta tiklash jarayoni bepul amalga oshiriladi.
  4. O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limining tayyorlov yo’nalishlari, kasblar va ixtisosliklar tasniflagichiga muvofiq (keyingi o’rinlarda — Tasniflagich deb yuritiladi) bir tayyorlov yo’nalishi doirasida o’quvchilar o’qishini bir ta’lim muassasasi doirasida ko’chirish ushbu o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasi direktorining buyrug’i bilan amalga oshiriladi.
    6. Bir mintaqa (Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri) doirasida o’quvchilar o’qishini O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi tasarrufidagi bir o’rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasasidan Tasniflagichning bir bilim sohasi ichidagi boshqa ta’lim muassasasiga ko’chirish o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tegishli hududiy boshqarmasining ruxsati bilan amalga oshiriladi.
    7. Quyidagi hollarda o’quvchilar o’qishini ko’chirish va qayta tiklash O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi ruxsati bilan amalga oshiriladi:
  5. a) boshqa davlatlarning ta’lim muassasalarida tahsil olgan O’zbekiston Respublikasi fuqarolarining o’qishini respublika o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalariga ko’chirish;
  6. b) o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o’quvchilarini ota-onalari bilan birgalikda doimiy yashash uchun O’zbekiston Respublikasi tashqarisiga chiqib ketishi munosabati bilan o’qishdan chetlashtirish;
    v) o’quvchilarni bir mintaqadagi o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalaridan boshqa mintaqalarning (Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri) o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalariga ko’chirish;
    g) bir hudud doirasida o’quvchilarni bir o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalaridan turli vazirliklar (idoralar) tasarrufidagi boshqa o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasiga ko’chirish;
    d) o’quvchilarni Tasniflagichga muvofiq bir bilim sohasidan boshqa bilim sohasiga ko’chirish.
    O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o’quvchilarini boshqa vazirliklar (idoralar)ning o’rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalariga ko’chirish va qayta tiklash O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi tomonidan ko’rsatib o’tilgan vazirliklar (idoralar) bilan kelishgan holda amalga oshiriladi.
    9. O’quvchilarni ko’chirish va qayta tiklash to’g’risidagi barcha arizalar bevosita o’quvchilar o’qiyotgan o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasida qabul qilinadi.
    Ko’rib chiqish o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasi direktori vakolatiga kiradigan arizalar 20 avgustga qadar qabul qilinadi.
    O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’limi vazirligining O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi vakolati doirasida ko’rib chiqiladigan arizalar 1 avgustga qadar qabul qilinadi va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasi tomonidan hududiy viloyat boshqarmalariga yuboriladi.
    O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’limi vazirligining O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi vakolati doirasida ko’rib chiqiladigan arizalar o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi hududiy viloyat boshqarmalari tomonidan rasmiy xat bilan O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’limi vazirligining O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markaziga yuboriladi.
    10. O’quvchilarning o’qishini ko’chirish yoki qayta tiklashda o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasi direktori tomonidan o’quv rejalari va dasturlarga fanlar bo’yicha farqlarni yoki qarzlarni topshirish tartibi va muddatlari (ikki oydan ortiq bo’lmagan), shuningdek o’quvchilarni o’qitish kursi belgilanadi.
  7. O’qishni ko’chirish tartibi
  8. O’quvchilar o’qishini bir o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasidan boshqasiga ko’chirishda o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmasiga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
    a) o’quvchining yozma arizasi, o’quvchi voyaga etmagan bo’lsa uning ota-onasidan birining (yoki ularning o’rnini bosuvchi shaxslarning) arizasi;
    b) ta’lim muassasasining nomi, mutaxassislik, kurs, guruh ko’rsatilgan holda ta’lim muassasasining gerbli muhri bilan tasdiqlangan reyting daftarcha nusxasi;
    v) o’quvchi pasporti nusxasi, voyaga etmagani sababli pasporti bo’lmaganda tug’ilganlik to’g’risidagi guvohnoma hamda ota-onasi (yoki ularning o’rnini bosuvchi shaxslar)ning doimiy yashash joyi ko’rsatilgan pasporti nusxasi.
    12. O’qishni ko’chirish to’g’risidagi ariza ta’lim muassasasi direktori, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmasi yoki O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi tomonidan ariza berilgan kundan boshlab 15 kun mobaynida ko’rib chiqiladi.
    O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazining yozma javobi tegishli o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmasiga yuboriladi. O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmasi olingan javob asosida ariza beruvchining va tegishli ta’lim muassasalarining manziliga xat yuboradi.
    Tasniflagichga muvofiq o’quvchining bilimlarning bir sohasi ichida, bir mintaqa doirasida joylashgan ta’lim muassasasiga o’qishni ko’chirish to’g’risidagi arizasi o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmasi tomonidan ko’rib chiqiladi, natijalar haqida ariza beruvchiga va ta’lim muassasalariga yozma xabar beriladi.
    O’quvchining o’qishini ko’chirish to’g’risida ijobiy qaror chiqarilganda o’quvchini qabul qiluvchi o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasi 3 kun muddatda o’quvchi tahsil olgan o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasiga o’quvchining hujjatlarini jo’natish to’g’risida so’rovnoma yuboradi.
    O’quvchi bungacha o’qigan ta’lim muassasasi ushbu so’rovnoma asosida 3 kun muddatda o’quvchining hujjatlarini yangi o’qish joyiga yuboradi.
    O’quvchining hujjatlar yig’majildi o’quvchining o’ziga – ariza beruvchiga yoki uning ota-onalariga (ularning o’rnini bosuvchi shaxslarga) berilishiga yo’l qo’yilmaydi.
    O’quvchini qabul qiluvchi o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasi direktori qonun hujjatlarida belgilangan tartibda 10 kun muddatda o’quvchilarni o’qishga qabul qilish to’g’risida buyruq chiqarishi shart.

III. O’qishni qayta tiklash tartibi

  1. O’quvchilarni o’qishga qayta tiklash uchun o’quvchi voyaga etmagan bo’lsa uning ota-onasidan biri (yoki ularning o’rnini bosuvchi shaxslar) chetlashtirish sabablarini ko’rsatgan holda o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasi direktori nomiga ariza berishi kerak.
    14. O’quvchining, o’quvchi voyaga etmagan bo’lsa uning ota-onasidan birining (yoki ularning o’rnini bosuvchi shaxslarning) o’quvchini o’qishga qayta tiklash haqidagi arizasi ariza berilgan kundan boshlab 15 kun muddatda ko’rib chiqiladi.
    15. O’quvchini boshqa o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasiga o’qishga qayta tiklashda u oldin o’qigan o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasining roziligi talab etilmaydi.
    16. O’quvchi oldin o’qigan tayyorlov yo’nalishi to’xtatilgan bo’lsa, uning xohishiga ko’ra turdosh tayyorlov yo’nalishiga o’qishni tiklash mumkin.
    17. O’rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasasi belgilangan davlat ta’lim standartlariga muvofiq o’qishning ta’lim dasturini bajargan, biroq yakuniy davlat attestasiyasida ishtirok etmagan yoki undan o’tmagan 3-bosqich o’quvchilari Pedagogik kengash qarori asosida yakuniy davlat attestasiya komissiyasi faoliyat ko’rsatayotgan davrda 3 yil mobaynida yakuniy davlat attestasiyasini qayta topshirish huquqiga ega.
    3 yil mobaynida yakuniy davlat attestasiyasini topshirmagan o’quvchilar ushbu Nizomga muvofiq 3-bosqichda qayta o’qish uchun ariza berishi mumkin.
  2. O’quvchilar safidan chetlashtirish tartibi
  3. O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasi o’quvchilari quyidagi hollarda o’qishdan chetlashtirilishi mumkin:
    a) salomatligi tufayli (tibbiy komissiya ma’lumotnomasi asosida) akademik ta’til olganda;
    b) o’qishi boshqa ta’lim muassasasiga ko’chirilishi munosabati bilan;
    v) doimiy yashash uchun boshqa davlatga chiqib ketganda;
    g) sudning qarori bilan ozodlikdan mahrum etilganda;
    d) vafot etganligi sababli.
    19. O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasining akademik qarzdorlikka (o’zlashtirmaslikka) ega bo’lgan yoki o’quv rejasi talablarini bajarmagan (ishlab chiqarish yoki diplom oldi amaliyotidan o’tmagan, kurs ishini topshirmagan, 3 va undan ortiq fan bo’yicha «qoniqarsiz» yakuniy yillik baho olgan) o’quvchilari Pedagogik kengashning qarori bo’yicha o’quv yili tamom bo’lgach bir yil takroran o’qish uchun kursda qoldirilishi mumkin.
    O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o’quvchilarini bir yil takroran o’qish uchun kursda qoldirish tartibi Sog’liqni saqlash vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi va Badiiy akademiya bilan kelishgan holda Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi tomonidan belgilanadi.
    O’qishdan chetlashtirilgan yoki o’qish uchun takroriy muddatga qoldirilgan o’quvchilar to’g’risidagi ma’lumotlar o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasi direktori tomonidan tegishli tuman (shahar) hokimliklari huzuridagi voyaga etmaganlar ishlari bo’yicha komissiyaga taqdim etiladi.
  4. Yakunlovchi qoidalar
  5. O’qishi ko’chirilgan yoki o’qishga tiklangan o’quvchilarning shaxsiy hujjatlar yig’ma jildiga ariza, buyruq va belgilangan namunadagi reyting daftarcha nusxalari tikib qo’yiladi.
    21. O’quvchilarning o’qishini ko’chirishda, ularni o’qishga tiklash va o’qishdan chetlashtirishda hujjatlarning ishonchliligi va to’g’ri rasmiylashtirilganligi uchun javobgarlik o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasi direktoriga yuklanadi.
    22. O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o’quvchilarining o’qishini ko’chirish, ularni o’qishga tiklash va o’qishdan chetlashtirish uchun asos bo’lib xizmat qilgan barcha hujjatlar mansubligi bo’yicha o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limining tegishli hududiy boshqarmalarida, o’z tasarrufida o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalariga ega bo’lgan vazirliklar va idoralarda belgilangan tartibda saqlanishi kerak.
    23. O’quvchilar o’qishini ko’chirish, ularni o’qishga qayta tiklash va o’qishdan chetlashtirish to’g’risidagi qarordan norozi bo’lganlar belgilangan tartibda O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markaziga yoki sud organlariga murojaat qilish huquqiga egadir.
    24. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo’lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.