Домой / Без рубрики / Ona tili va adabiyot fanidan Cho’lponning «Kecha va kunduz» romani mavzusida ochiq darsi bo’lib o’tdi.

Ona tili va adabiyot fanidan Cho’lponning «Kecha va kunduz» romani mavzusida ochiq darsi bo’lib o’tdi.

Joriy yilning 13-fevral kuni CHDPI akademik litseyi ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi Toshmurodova Xalima 1-kurs 1619-guruhida adabiyot fanidan Cho’lponning «Kecha va kunduz» romani mavzusida ochiq darsi bo’lib o’tdi. O’qituvchi ochiq darsda o’quvchilar faolligini oshirish uchun turli interfaol usullar:»Intellektual ring», «Muammoli vaziyat «, «SWOT» usullaridan foydalandi. O’quvchilar «Binafsha», «Lola», «Ko’ngil», «Xazon» guruhlariga bo’lingan holda dars mashg’ulotlari o’tkazildi. Dars so’ngida natijalar hisoblanib, g’olib guruh aniqlanib, ramziy oltin medal tobshirilib, g’oliblar sharafiga O’zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi yangradi.

Chop etish