Домой / Без рубрики / «NAVOIY – TA’LIM VA TARBIYA RAHNAMOSI»

«NAVOIY – TA’LIM VA TARBIYA RAHNAMOSI»

 Joriy yilning 10 fevral kuni Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti “Tarix va tillar” fakulteti o‘zbek tili va adabiyoti hamda musiqiy ta’lim kafedralari hamkorligida  g‘azal mulkining sultoni, mutafakkir va ulug‘ shoir – Nizomiddin Mir Alisher Navoiy tavalludining 579 yilligi munosabati bilan “Navoiy – ta’lim va tarbiya rahnamosi” mavzusida ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Til-adabiyot va folklor instituti katta xodimi, navoiyshunos olim – Sayfiddin Sayfulloh hamda uning shogirdi filologiya fanlari nomzodi Sirdaryo O‘tanova, CHDPI akademik litseyi Ona tili va adabiyoti fani o’qituvchilari va o‘quvchilari ham ishtirok etdilar.
Tadbirning ma’rifiy qismida ma’ruzachilar tomonidan buyuk allomaning ibratli hayoti va ijodiy faoliyati haqida ma’lumotlar berildi.

Chop etish