Домой / Без рубрики / «Koronavirusga qarshi kurashning usul va vositalari» mavzusida davra suhbati o’tkazildi.

«Koronavirusga qarshi kurashning usul va vositalari» mavzusida davra suhbati o’tkazildi.

Joriy yilning 7 fevral kuni CHDPI akademik litseyida «Koronavirusga qarshi kurashning usul va vositalari» mavzusida davra suhbati o’tkazildi.
Unda Chirchiq shahar yuqumli kasalliklari shifoxonasi va sanitariya epidemiologik osoyishtalik markazi shifokor va xamshiralari ishtirok etishdi.
Suhbatda, Prezidentimizning 2020 yil 29 yanvardagi PF-5537-son farmoni ijrosi yuzasidan o’quvchilar bilan hozirda dunyoda shiddat bilan tarqalayotgan (2019-nCov) koronavirusiga qarshi kurashning samarali usullari, kasallik  profilaktikasi kabi masalalar muhokama qilindi.
Tadbir yakunida o’quvchi yoshlar  o’zlarini qiziqtirayotgan savollarga javob olishdi.

Chop etish