Домой / Kafedralar

Kafedralar

Chirchiq davlat pedagogika instituti akademik litseyi kafedralari

     Chirchiq davlat pedagogika instituti akademik litseyida O’zbekiston Respublikasi “Ta’lim to’g’risida” va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to’g’risida” gi qonunlar talablarini bajarish, Kasb-hunar ta’limi markazining 2008 yil 12 sentyabrdagi 168-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan “Akademik lisey va kasb-hunar kollejlari fan kafedrasi to’g’risida” gi namunaviy Nizomga asosan kafedralar tashkil qilingan. Kollejda 5 ta kafedra tashkil qilingan.

Aniq fanlar kafedrasi
Xorijiy tillar kafedrasi
Rus tili va adabiyoti kafedrasi
Tabiiy fanlar  kafedrasi
Ijtimoiy-gumanitar fanlar  kafedrasi
Jismoniy tarbiya va ChQBT kafedrasi

Akademik litsey yuridik shaxs bo’lib, unda qonun xujjatlarida belgilangan tartibda ish yuritiladi. Akademik litsey qonun xujjatlariga muvofiq faoliyat ko’rsatadigan jamoat boshqaruvi organlari tashkil etiladi.

— Akademik litseyni moliyalashtirish Respublika va mahalliy byudjetlar mablag’lari, Akademik litseyni o’zini o’zi pul bilan ta’minlash, xususiy hollarda chet el investisiyalarini jalb etish hisobidan amalga oshiriladi. Akademik litsey o’quvchilariga ta’lim tarbiya berish maqsadida yetuk oliy o’quv yurtlarining fan nomzodlari, fan doktorlari, professorlar taklif etiladi. Chetdan taklif etilgan o’qituvchilar bilan shartnoma tuzilib, shartnomada belgilangan tartibda ish haqi to’lanadi. Akademik litseyda o’quv-uslubiy ishlarni amalga oshiruvchi asosiy tarmoq bir yoki bir nechta turdosh fanlar bo’yicha tuzilgan kafedralar hisoblanadi. Kafedralar Oliy va o’rta mahsus ta’lim Vazirligining 2001 yil 23 martdagi 65 -sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan Nizom asosida ish yuritadi.

Kafedralar yo’nalishi, ularning mudirlari o’quv yurtining ilmiy pedagogika kengashida muhokama etilib tasdiqlanadi.

Kafedralar zimmasiga q’uyidagi vazifalar yuklatiladi.

  • «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ni bajarish uchun zaruriy shart- sharoitlar yaratish;
  • O’quv mashg’ulotlarini, laboratoriya, nazariya, amaliy seminar, ishlab chiqarish va boshqa mashg’ulotlarning yuksak darajada o’tkazilishini nazorat qilish;
  • Reyting nizomining bajarilishini nazorat qilish;
  • Ilmiy uslubiy maqolalar, ma’ruza matnlariga, ilmiy-uslubiy kitoblarga taqrizlar yozish;
  • Faoliyat ko’rsatayotgan o’qituvchilarning bilim saviyasini nazorat qilib borish;
  • O’quv yurtining barcha yo’nalishlaridagi tadbirlarning bajarilishiga ko’maklashish.

O’quvchilar bilimini doimiy tahlil qilib borish maqsadida har semestrda 2 marta 45 kunlik diagnostik tahlillar o’tkazib boriladi. Tahlil natijalari o’quv yurtining ilmiy pedagogika kengashi tomonidan tasdiqlangan tahlil monitoring guruhi tomonidan tahlil etib boriladi. Tahlil monitoring guruhiga o’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari rahbarlik qiladi. Har bir tahlil sungida diagramma tuzilib, o’quvchilarning bilimi har 45 kunda o’zlashtirish darajasi tahlil etiladi. Tahlil natijalari ilmiy pedagogika kengashida muhokama etib boriladi hamda tegishli chora tadbirlar belgilanadi. Akademik litseyda barcha bo’linmalar va mansabdor shaxslarning nazorat tadbirlarini yagona reja va uslub asosida muvofiqlashtiruvchi va maqsadli ravishda amalga oshiruvchi tizim – ichki nazorat hisoblanadi.

Ichki nazoratning asosiy vazifalari qo’yidagilardan iborat:

  • O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Oliy va o’rta mahsus ta’lim vazirligi, Kasb-hunar ta’limi Markazi va boshqa boshqaruv idoralarining kasb-hunar kollejlari faoliyati bilan bogliq bo’lgan buyruqlari, nizomlari, o’quv-me’yoriy xujjatlari, yo’riqnomalarining bajarilishini nazorat qilish;
  • O’quv tarbiyaviy jarayonning barcha jabhalarini «Ta’lim to’g’risida»gi qonun, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» asosida talab darajasida tashkil etilishini, pedagog xodimlarning o’z lavozim burchlarining bajarilishini nazorat qilish.

Ichki nazoratni bevosita o’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari tashkil etadi. O’quv yurtida ichki nazoratni rejalashtirish, unga zarur bo’lgan uslubiy xujjatlarni tayyorlash maqsadida ichki nazorat bo’yicha tashkiliy-uslubiy komissiya tuziladi. Ichki nazoratni rejalashtirishni o’tkazish Oliy va o’rta mahsus ta’lim vazirligining 2001 yil 23 martdagi 65-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan Nizom asosida amalga oshiriladi.

  • O’quv-tarbiyaviy jarayonini Davlat ta’lim standartlari talablari asosida muvofiqlashtirish, uni yuqori darajada tashkil etish uchun kollejda me’yoriy xujjatlar yuritiladi.

Akademik litseyda me’yoriy xujjatlar Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2001 yil 23 martdagi 65-sonli buyrug’iga 11-ilova bilan tasdiqlangan «Akademik litseylarida me’yoriy xujjatlarni yuritish tartibi to’g’risida»gi Nizomga asosan amalga oshiriladi.

  • Xujjatlarning muhimligini ekspertiza qilib, arxivda saqlash uchun tanlash va yo’q qilish ishlarini tashkil etish maqsadida kollejda doimiy faoliyat ko’rsatuvchi ekspert komissiyasi tashkil etiladi.

Ekspert komissiyasining 3-5 kishidan iborat tarkibi va raisi kollej direktorining buyrug’i bilan tayinlanadi. Komissiya tarkibiga: bosh amaliyot o’qituvchisi, katta kutubxonachi, kotiba, xujjatlarni Davlat arxivida saqlash uchun topshiradigan xodim. Ekspert komissiyasi kotibining vazifasi, kollej arxivining ma’sul xodimiga yuklatiladi. Ekspert komissiyasi kollejning organi hisoblanadi, uning qarorlari kollej direktori tomonidan tasdiqlangandan so’ng yoki tuman arxiv muassasasi ekspert komissiyasi ma’qullagandan so’ng kuchga kiradi. Har yili ish yuritish xizmati va arxiv bilan birgalikda xujjatlarni saqlashni va y’ol qilishni tashkil qiladi. Ekspert komissiyasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2001 yil 23 martdagi 65 — sonli buyrug’iga 7-ilova bilan tasdiqlangan «Akademik lisey va kasb-hunar kollejlarining ekspert komissiyasi to’g’risidagi Nizom»ga asosan ish yuritadi.