Домой / Без рубрики / “Iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimi va akademik litseylar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Prezident qarori e’lon qilindi.

“Iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimi va akademik litseylar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Prezident qarori e’lon qilindi.

2021/2022 o’quv yilidan akademik liseylarga qabul DTM tomonidan o’tkaziladigan test sinovlari orqali amalga oshiriladi

“Iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimi va akademik liseylar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Prezident qarori e’lon qilindi.

Qarorga muvofiq, iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularni akademik liseylarga saralab olish, chuqurlashtirilgan ta’lim dasturlari asosida o’qitishga alohida e’tibor qaratiladi.

Akademik lisey o’quvchilarining kamida bitta xorijiy tilni puxta o’zlashtirib chiqishi uchun dars mashg’ulotlariga yuqori malakali pedagoglar jalb qilinadi zaruriy sharoitlar yaratiladi.

Shuningdek, akademik lsieylarda umumta’lim fanlar soati hisobiga chuqurlashtirilgan fanlar soati oshiriladi hamda ularningn ulushi kamida 50 foizga etkaziladi.

Ta’lim bosqichlari uzluksizligini ta’minlash maqsadida OTMlarning turdosh ta’lim yo’nalishlarida takroran o’qitiladigan fanlarn akademik liseylar o’quv dasturidagi tegishli fanlar bilan unifikasiya qilinadi.

Akademik liseylarda o’qish davrida unifikasiya qilingan fanlarni o’zlashtirgan, oliy ta’lim muassasalarida talabalikka qabul qilingan ta’lim oluvchilar uchun ushbu fanlarni o’zlashtirish ixtiyoriy hisoblanadi.

2021/2022 o’quv yilidan boshlab, akademik liseylarga hujjat topshiruvchilarni ro’yxatdan o’tkazish Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali hamda Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining rasmiy veb-sayti orqali amalga oshiriladi.

Kelgusi o’quv yilidan boshlab akademik liseylarga iqtidorli yoshlarni saralab olishda Davlat test markazi tomonidan tanlangan yo’nalishga mos 2 ta fan bo’yicha hamda intellektual qobiliyat darajasi (IQ)ni aniqlab beruvchi test sinovlari o’tkaziladi.

http://uza.uz/posts/191670

Chop etish