Домой / Без рубрики / Hurmatli Chirchiq davlat pedagogika instituti akademik litseyiga hujjat topshirgan 9-sinf o’quvchilari va ularning ota-onalari!

Hurmatli Chirchiq davlat pedagogika instituti akademik litseyiga hujjat topshirgan 9-sinf o’quvchilari va ularning ota-onalari!

🔰 2021-2022 o’quv yilidan respublikamizda 69 ta akademik litseylarning (14 tasida 2 bosqichli 2-ilova yozma va test) qolgan barchasida 1 bosqichli (faqat test), jumladan Chirchiq davlat pedagogika instituti akademik litseyida ham 1 bosqichli test saralash imtihonlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-dekabrdagi PQ-4910 (https://lex.uz/docs/-5141332) qaroriga muvofiq Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladi.

🖊Bunda test sinovlari tanlangan yo’nalishga mos 2 ta fandan 20 tadan savol 2×20=40 (3,1 balldan) va IQni aniqlash bo’yicha test 20 ta savol (1,1 balldan), jami 60 ta savolga maksimal 146 ball to’plash mumkin.

🔖Onlayn hujjat topshirgan o’quvchilar litsey.edu.uz (http://litsey.edu.uz/) sayti orqali bir vaqtda nechta litseylarni ustuvorligini tanlab ariza berishidan qat’iy nazar, o’zi yashaydigan DTM tomonidan belgilangan maxsus pavilonlarga borib test topshiradi va testda to’plagan bali barcha tanlagan ustuvorlikdagi litseylar uchun amal qiladi. Barchasi ustuvorliklardagi tanlangan litseylarga bormasdan faqat ustuvorligi 1-tanlangan akademik litseyida DTM tomonidan o’tkazilgan imtihonga bir marta qatnashishi yetarli.

🔴Ustuvorlik ya’ni huddi OTMga topshirgani kabi Sizda bir vaqtning o’zida bitta ariza to’ldirish orqali, faqat bir hil yo’nalishi mavjud 5 ta akademik litseyni tanlashingiz mumkin. Bunda Sizning saralash testdan to’plangan balingizga qarab shu akademik litseyga qabul qilinasiz.

📅CHDPI akademik litseyiga saralash imtihonlari barcha litseylardagi kabi DTM tomonidan 26-28 avgust kunlariga rejalashtirilgan.

Eslatma:
✅Pastdagi yo’riqnomadan foydalanib litsey.edu.uz saytiga parol va login orqali kabinetingizga kiring va ustunlik menyusidan birinchisiga albatta Chirchiq davlat pedagogika instituti akademik litseyini, xoxlasangiz albatta keyingi 4 tasiga boshqa akademik litseylarni tanlashingiz mumkin. Albatta e’tibor bering,barchasida faqat bir xil yo’nalish tanlanishingiz kerak. (Masalan siz CHDPIALda Aniq fanlar yo’nalishini tanlasangiz, qolgan litseylarda ham shuni tanlang).
❗️Agar ustuvorlik ustunidan biron bir litseyni tanlamasangiz Sizga DTM tomonidan ruxsatnoma shakllanmaydi va siz imtihonda ishtirok eta olmaysiz. Sizga faqat 1 marta imkoniyat berilib, boshqa o’zgartira olmaysiz. Bundan tashqari “Ustuvorlik” menyusida test topshiradigan tilni ham tanlang.

Abiturient ruxsatnomalari DTM tomonidan shakllantirilib imtihon boshlanishiga qadar akademik litseyda 1-2 kun oldin tarqatiladi. O’zingiz bilan shaxsni tasdiqlovchi hujjat (ID karta yoki tug’ilganlik haqida guvohnoma) olib kelish talab etiladi!

❗️❗️❗️Bu o’zgartirishlarni 19-20 avgustga qadar barcha CHDPI akademik litseyiga ariza topshirgan 9-sinf bitiruvchilari amalga oshirishi zarur.

☎️Qo’shimcha murojaat uchun Call-center:
tel.: +998 70 716 57 41;
tel.: +998 97 347 20 58;
tel.: +998 99 987 43 91;
tel.: +998 93 536 72 73;
🏢 Manzil: Chirchiq shahar, Lomonosov ko’chasi 1 uy.
Mo’ljal: Chirchiq davlat pedagogika instituti «Tarix va tillar» kafedrasi binosi. (sobiq Chirchiq texnika kolleji)

Chop etish