Домой / Без рубрики / Chirchiq shahrida “BIZ VATANPARVARLARMIZ!” shiori ostida festivalda CHDPI akademik litseyi ishtirok etdi.

Chirchiq shahrida “BIZ VATANPARVARLARMIZ!” shiori ostida festivalda CHDPI akademik litseyi ishtirok etdi.

Joriy yilning 14-favral kuni O’zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent viloyati kengashi, “Maxalla” xayriya jamoat fondi Chirchiq shahar bo’limi, Chirchiq shahar Xalq ta’limi bo’limi bilan hamkorlikda “Vatanparvar” tashkiloti Toshkent viloyati kengashi tasarrufidagi Chirchiq avtomobil maktabida va Toshkent viloyati Chirchiq Davlat Pedagogika instituti madaniyat markazida “BIZ VATANPARVARLARMIZ!” shiori ostida ma’naviy, ma’rifiy, sport va madaniy, targ’ibot festivali o’tkazildi.
Mazkur festival 11.00da O’zbekiston mudofaasiga ko’maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti hamkorligida Chirchiq Davlat Pedagogika instituti Akademik litseyining maxsus xarbiy guruhi o’quvchilari tomonidan xarbiy qo’l jangi san’ati ko’rgazmali chiqishlari tashkil etildi. Bundan ko’zlangan maqsad — yoshlarning qalbi va onggida Xarbiy vatanparvarlik tuyg’ularini shakllantirish, Ona –Vatan oldidagi burch tushunchalarini singdirishdan iborat.
“BIZ VATANPARVARLARMIZ!” shiori ostida ma’naviy, ma’rifiy, sport va madaniy, targ’ibot festivali o’tkazilgan kun mumtoz adabiyotimiz darg’alaridan biri, shox va shoir Z.M.Boburning tavalludi munosabati bilan mutaxassislar tomonidan uning xarbiy mahorati haqida ma’ruzalar o’qildi.

Chop etish