Домой / Без рубрики / Chirchiq davlat pedagogika instituti akademik litseyi pedagog va o’quvchilarga TVCHDPI o’quv ishlari bo’yicha prorektori Xaydarov Ilxom Qudratovich Prezident qarori ijrosi bo’yicha uchrashuv o’tkazdi.

Chirchiq davlat pedagogika instituti akademik litseyi pedagog va o’quvchilarga TVCHDPI o’quv ishlari bo’yicha prorektori Xaydarov Ilxom Qudratovich Prezident qarori ijrosi bo’yicha uchrashuv o’tkazdi.

    Joriy yilning 3-dekabr kuni PQ-4910 sonli “Iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimi va akademik liseylar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Prezident qarori qabul qilingan.
Mazkur qarorda tizimdagi akademik liseylar faoliyatini takomillashtirish, iqtidorli yoshlarni saralash bo’yicha qilinadigan ishlar va sohadagi pedagog-o’qituvchilar mehnatiga munosib haq to’lash bo’yicha aniq vazifalar belgilab berilgan.
Prezident qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida TVCHDPI o’quv ishlari bo’yicha prorektori Xaydarov Ilxom Qudratovich CHDPI akademik liseyi jamoasi va o’quvchilari bilan muloqotda bo’ldi.
Akademik liseyda o’tkazilgan uchrashuvda Prezident qarori mazmun-mohiyati, o’qituvchi va o’quvchilarga yaratilgan imkoniyatlar, qaror bandlari tahlil qilinib, tushuntirildi.

Chop etish