Домой / Без рубрики / Chirchiq davlat pedagogika instituti akademik litseyi o‘quv jarayoni 23 apreldan masofaviy ta’limga o’tkaziladi.

Chirchiq davlat pedagogika instituti akademik litseyi o‘quv jarayoni 23 apreldan masofaviy ta’limga o’tkaziladi.

Hurmatli o‘qituvchilar hamda qadrli o’quvchilar, respublikamiz hududida COVID-19 bilan kasallanish holatining ortayotganligi, shuningdek, CHDPI akademik litseyi o’quvchilari orasida ham bunday holatlar aniqlanganligi sababli:

➡️ 2021-yilning 23-aprel kunidan boshlab 1 va 2 bosqich guruhlarida o‘quv jarayoni masofaviy (onlayn) shaklga o‘tkaziladi.
CHDPI akademik litsey o’quv jarayonini masofaviy shaklda tashkil etish bo’yicha zaruriy sharoitlar yaratilgan bo’lib, dars jarayonlari ZOOM videoaloqa dasturi, MOODLE (moodle.chdpial.uz) va telegram guruhlari orqali belgilangan dars jadvali asosida o’tiladi.
Epidemiologik vaziyat barqarorlashgach an’anaviy o‘quv jarayoniga qaytish borasida xabarlar CHDPI akademik litsey rasmiy sahifalarida berib boriladi.

Chop etish