Домой / Без рубрики / CHDPI akademik litseyida kasaba uyushmasi hisobot-saylov yig’ilishi bo’lib o’tdi.

CHDPI akademik litseyida kasaba uyushmasi hisobot-saylov yig’ilishi bo’lib o’tdi.

Joriy yilning 27-fevral kuni kasaba uyushmasi hisobot-saylov yig’ilishida CHDPI akademik litseyi o‘qituvchi va ishchi-xodimlar kasaba uyushmasi raisi I.L.Atokovani hisobotini tinglashdi va bir ovozdan kasaba uyushmasi raisi etib saylandi.
CHDPI akademik litseyi kasaba uyushmasi qo‘mitasi o‘tgan 5 yillik (2015-2020) yillar mobaynida mazkur dargohda samarali mehnat qilib kelayotgan o‘qituvchi va ishchi-xodimlar uchun yuqori malakali pedagog kadrlarni tayyorlashda ularni ijtimoiy ximoya qilish, ularga munosib shart-sharoitlar yaratish, salomatliklarini mustahkamlash, sport va turizmni rivojlantirish borasida ishlar yuzasidan hisobot eshittirildi.
Har yili jamoa azolari qishki va yozgi ta’til davrida asoru-atiqalarimiz saqlangan muqaddas go‘shalarga turistik sayohatlarga chiqishadi. Talim-tarbiya ishlarida yuqori natijalarga erishgan o‘qituvchilar va a’lochi-o’quvchilardan iborat bir guruh jamoa qadimiy shaharlarimiz bo‘lmish Samarqand, Buxoro, Xiva, Urganch, Termiz, Shahrisabz kabi shaharlarda bo‘lishadi.
Kasaba uyushmasi faoliyatida keyingi yillarda jamoa azolarini ijtimoiy-iqtisodiy himoya qilish, samarali faoliyat ko‘rsatishlari uchun zarur shart- sharoitlarini yaratish masalalarini o‘zida qamrab olgan 2020-2022 jamoat shartnomasi qabul qilindi. Bu sohada amalga oshirilgan ishlar yuqori malakali, raqobatbardosh pedagog kadrlar tayyorlash bilan birgalikda jamoada ishchan, sog‘lom-ma’naviy muhitini mustahkamlanib borishiga xizmat qilmoqda.

Chop etish