Домой / Без рубрики / CHDPI akademik litseyi “Xotin qizlar qo’mitasi” va ona tili va adabiyoti fani o’qituvchilari tomonidan “Bahor keldi seni so’roqlab” mavzusida tadbir o’tkazildi.

CHDPI akademik litseyi “Xotin qizlar qo’mitasi” va ona tili va adabiyoti fani o’qituvchilari tomonidan “Bahor keldi seni so’roqlab” mavzusida tadbir o’tkazildi.

«Bahor keldi seni so’roqlab»

CHDPI akademik litseyi “Xotin qizlar qo’mitasi” va ona tili va adabiyoti fani o’qituvchilari
tomonidan “Bahor keldi seni so’roqlab” mavzusida tadbir o’tkazildi.

Tadbir o’zbek she’riyatining buyuk namoyondasi «ZULFIYAXONIM» tavalludining 105 yilligiga bag’ishlangan.

Tadbir davomida o’quvchilar Zulfiyaxonim hayoti va ijodiga alohida to’xtalib o’tdilar.

O’quvchilar Zulfiyaxonim tomonidan yaratilgan she’rlarni, shuningdek she’rlar asosida yaratilgan musiqa va kuylarni ajoyib tarzda ijro etib berishdi.

Tadbirda Zulfiya hayotiga to’xtalib o’tilar ekan o’quvchilar tomonidan Hamid Olimjon va Zulfiya munosabatlariga alohida urg’u berib o’tildi.

O’quvchilar ijrosidagi Hamid Olimjon va Zulfiyaxonim tanishuvlari, ularning bir-biriga she’r aytishuv sahnalari barchani xushnud etdi.

Zulfiya hayoti va ijodi bo’yicha o’tkazilgan tezkor vikotorina savol-javoblari tadbirni yanada qiziqarli tarzda o’tishini ta’minladi. G’olib o’quvchilar taqdirlandi.
Ushbu tadbir yoshlar xotirasida iliq taasurot uyg’otdi.

Chop etish