Домой / Без рубрики / CHDPI AKADEMIK LITSEYI DIREKTORIGA MUROJAAT!

CHDPI AKADEMIK LITSEYI DIREKTORIGA MUROJAAT!

Xabaringiz bor, CHDPI akademik litseyimizda barcha jamoa a’zolari oʻrtasida oʻzaro hurmat muhitini yaratish, o’quvchilarni oʻylantirayotgan muammolarni hal etish, ularning takliflarini chuqur oʻrganish, pedagog va ishchi xodimlarning faoliyatlari davomida uchrayotgan kamchiliklarni bartaraf etish va jamoaviy muhit mustahkamligini yanada oshirish maqsadida oʻqituvchi-pedagoglar va o’quvchilarning Chirchiq davlat pedagogika instituri akademik litseyi direktori Ruziyev Kurbanali Abdujaborovich bilan anonim tarzda online muloqoti tashkil etildi.

Marhamat! Sizda CHDPI akademik litseyi faoliyatiga doir taklif hamda e’tirozlar bo’lsa tog’ridan-to’g’ri CHDPI akademik litseyi direktoriga:
@ChdpialdirektorBot
manzili orqali xabar yo’llang!

Sizning fikringiz biz uchun juda muhim va biz Sizni qoʻllab-quvvatlashga tayyormiz. Bu sotqinlik emas, bu jinoyat emas, bu yanada yaxshi bo‘lish uchun kichik bir qadam, bu Sizu-bizning kelajagimiz!

LEKIN, HAR QANDAY VAZIYATGA VIJDONAN BAHO BERIB, XOLIS VA ALBATTA TUHMATDAN YIROQ BO’LGAN HOLATDA FIKR BILDIRISHINGIZNI ILTIMOS QILAMIZ!

Chop etish