Домой / Без рубрики / CHDPI akademik litseyi direktori K.Ruziyevning «8 Mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni» bayram tabrigi.

CHDPI akademik litseyi direktori K.Ruziyevning «8 Mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni» bayram tabrigi.

8 Mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami bilan litseyimizda faoliyat ko’rsatayotgan ayollarimizni chin yurakdan tabriklaymiz! O’zbek ayoli azaldan o’zining ibosi, aql-farosati, husni-jamoli, vafodorligi, farzandlari va o’z oilasiga mehr-oqibati bilan dunyoga tanilgan.
Ushbu fazilatlarni bardavom ettirayotgan, bugungi kunda yetuk, o’z halqiga sadoqatli, ibratli an’analarimiz va urf-odatlarimizni yoshlar ongiga singdirayotgan, jismonan baquvvat va aqlan sog’lom kelajagimiz vorislarini tarbiyalashdek muhim vazifani o’z zimmasiga olgan fidoyilar qatorida kunni tunga ulab qilayotgan beqiyos mehnatlaringiz eng yuqori mukofotga loyiqdir.
Sizga bahoriy kayfiyat, umrbod go’zallik, mustahkam sog’lik, oilaviy baxt va omad doimo hamroh bo’lishini tilaymiz. Oilangiz va farzandlaringiz davrasida shu aziz va muqaddas yurtimiz ravnaqiga qo’shayotgan hissangizdan bahramand bo’lgan holda uzoq umr ko’rib, farovon hayot kechirish nasib etsin!
CHDPI akademik litseyi direktori Ruziyev Kurbanali Abdujaborovich.

Chop etish