Домой / Axborot kutubxona markazi

Axborot kutubxona markazi

Аkаdеmik litsеy Ахborot kutubxona mаrkаzi hаm o`qituvchi vа tаlаbаlаrgа, ахolidаn kеlgаn kitobхonlаrigа, ахborot kutubxona yangiliklаri vа ziyo tаrqаtuvchi mаrkаz bo`lib fаoliyat ko`rsаtаdi. Ахborot kutubxona mаrkаzidа O`zbеkiston Rеspublikаsi Prеzidеntining “Rеspublikа ахolisini ахborot-kutubхonа bilаn tа`minlаshni tаshkil etish to`g`risidа”gi 2006-yil 20-iyundаgi PQ-381-sonli qаrori hаmdа O`zbеkiston Rеspublikаsi Oliy vа O`rtа mахsus tа`lim vаzirligining Ахborot-rеsurs mаrkаzlаri fаoliyatini tаshkil etish to`g`risidаgi 2006 yil 29 dеkаbrdаgi 295-sonli buyruq vа litsеy ахborot kutubxona mаrkаzining nаmunаviy nizomi, yillik ish rеjаsi mаvjud bo`lib Ахborot rеsurs mаrkаzi хodimlаri ulаr аsosidа fаoliyat ko`rsаtib kеlmoqdаlаr.

Axborot kutubxona markazida 6 ta kompyuter, skaner, nusxa ko’chirish apparati,  multimediya kabi jihozllar o’rnatilgan.

AKM fondida 10063 kitob mavjud. Hozirgi kunda bu markaz o’quvchi yoshlarimizning bilim saviyasini oshirishda katta ahamiyatga ega. AKM ga barcha o’quvchi va xodimlar a’zo.

AKM da birinchilar qatorida bajarilib kelayotgan ishlardan biri elektron resurslar bazasini tashkil etish va tizimlashtirish bo`lib, deyarli barcha umumta`lim fanlarining adabiyotlari PDF shaklidagi elektron variantlari tayyorlangan. Yangidan nashr etilgan va AKM fondiga kelib tushgan darsliklarni birinchi navbatda elektron katalogi va to`liq matnli elektron varintlari tashkil etiladi. AKM da mavjud adabiyotlarninig elektron shaklini to`plash va foydalanuvchilarga taqdim etish ustida bajarilayotgan ishlar ma`lum darajada ma`suliyatli va ko`p mehnat talab qiluvchi vazifalardan biridir.

AKM QOIDALARI

  1. Umumiy qoidalar:

CHDPI akademik litseyida AKMdan foydalanish qoidalari «Umumta`lim muassasasi axborot-resurs markazlaridan foydalanishning na`munaviy Nizomi» va AKM Nizomi asosida ishlab chiqilgan.
AKMdan foydalanish qoidalari AKM kitobxonlariga xizmat ko`rsatishnlishini tashkillashtirish, AKM va kitobxon huquq — majburiyatlarini ko`zda tutgan holda amalga oshiriladi.

  1. Kitobxonlar, ularning huquq va majburiyatlari, javobgarligi.

Kitobxonlar huquqi

  • AKM kitobxonlari-talabalar, aspirantlar, o`qituvchilar jamoasi, litsey xodimlari, yaqin-atrofdagi mahalla aholisi quyidagi huquqlarga ega;
  • AKM taqdim etayotgan barcha kutubxona-axborot xizmatlaridan foydalanish, katalog va kartotekalar tizimi orqali yagona litsey kitob fondi tuzilmasi haqida to`la axborot olish va axborotlashtirishning boshqa turlari;
  • AKM fondidan o`quv zali va abonementdan istalgan hujjatlarni vaqtinchalik ishlatishga olish;
  • Har xil axborot manbalarini ishlatgan holda chop etilgan asarlar va boshqa hujjatlarni qidirib topish va tanlashda konsalting xizmatini ko`rsatish, shu jumladan, komputer, internet, CD-ROM va boshqalarni ishlatgan holda;Kutubxonalararo abonement bo`yicha hamkorlik qilish.

Kitobxonlar majburiyati

  • xizmatchilarga nisbatan odobli bo`lish, mazkur qoidalarga amal qilish;
  • kutubxona fondidan olingan hujjatlarni avaylash;
  • belgilangan muddatda qaytarish;
  • kitobxonlik formulyarlari yoki boshqa hujjatlarda qayd etilmagan bo`lsa, AKM binosidan chiqarmaslik;
  • hujjatlarda qayd, o`chirishlar, betlarni bukish va yirtilishiga yo’l qo`ymaslik;
  • katalog va kartotekalardan kartochkalarni olmaslik, ularga yozmaslik;
  • hujjat va boshqa materiallarni olishda, kitobxon ularni yaxshilab ko`zdan kechirishi, biror nuqson aniqlangan taqdirda, bu haqda xodimga xabar berishi lozim, aks holda, kitobga shikast yetkazilganlik uchun javobgarlik oxirgi o`quvchi bo`ynida bo`ladi;
  • o’quvchilar har yili kitobxonlik guvohnomalarini, unda qayd etilgan kitoblarni va guvohnomani ko`rsatgan holda, qayta ro`yxatdan o`tkazishlari lozim;
  • Qayta ro`yxatdan o`tkazish yanvardan martgacha amalga oshiriladi. Qayta ro`yxatdan o`tmagan kitobxonlarga kutubxona xizmat ko`rsatmaydi. Litsey tasarrufidan chiqqan kitobxonlar AKMga ularda bo`lgan kitob va kitobxonlik guvohnomalarini qaytarishlari lozim.

Kitobxon javobgarligi

  • kitobxon o`z guvohnomasi va nazorat varaqasini boshqa shaxsga berishi yoki begona hujjatlardan foydalanishi mumkin emas;
  • foydalanish qoidalarini buzgan yoki AKMga zarar yetkazgan o`quvchi AKM tomonidan 2007-yil 20-aprelda qabul qilingan «Kitobni yo’qotganlik, o`z vaqtida qaytarmaganligi, zarar yetganligi uchun jarima undirish buyrug`iga»ga muvofiq javobgarlikka tortiladi;
  • foydalanish qoidalarini bir necha bor buzgan kitobxon AKMdan 6 oy mobaynida foydalanish huquqidan mahrum etiladi.

III. Kitobxonlarni AKMda qayd etish tartibi

  • AKMda ro`yxatdan o`tish uchun kitobxonlar shaxsini tasdiqlovchi hujjat taqdim etishlari shart. Shu asosida ularga litseyda o`qish yoki ishlash mobaynida kitobxon bileti berilib, kitobxon formulyari to`ldiriladi;
  • kitobxon bileti AKMdan foydalanish huquqini beruvchi yagona hujjatdir;
  • AKMda ro`yxatdan o`tishda kitobxon ulardan foydalanish qoidalari bilan tanishib, ularga amal qilish majburiyatini kitobxon bilet va formulyaridagi imzosi bilan tasdiqlashi lozim;
  • kitobxon formulyari-asarlarning uyga berilishi va AKMga qaytarilishi faktini tasdiqlovchi hujjatdir.
  1. O`quv zalidan foydalanish tartibi
  • o`quv zalida hujjatga buyurtma berishda kitobxon guvohnomasini ko`rsatib, talabini yozma ravishda to`ldiradi va kitob olinganidan so`ng kitob formulyariga imzo chekadi. Kitob — formulyari kitobning kitobxonga berilishi va xodim tomonidan qabul qilib olinganligini tasdiqlovchi hujjatdir;
  • o`quv zalida beriladigan hujjatlar soni odatda chegaralanmaydi. Agar bir adabiyot bir vaqtning o`zida bir necha kishi tomonidan talab qilinsa, cheklanishi mumkin (ma`muriyat qaroriga ko`ra);
  • asosiy kitob fondidan o`quv zaliga berilgan kitoblar, muayyan muddatga bronlashtirilishi mumkin;
  • ensiklopediyalar, ma`lumotnoma, kam uchraydigan va qimmatbaho asarlar, oxirgi yoki yagona nusxa hamda KAA orqali olingan hujjatlar faqat o`quv zalida o`qish uchun beriladi;
  • hujjatlarni o`quv zalidan chiqarish mumkin emas, mazkur qoida buzilgan taqdirda kitobxon AKMdan foydalanish huquqini bir oy muddatga yo`qotishi mumkin;
  • o`quv zalidan chiqib ketish oldidan kitobxon olingan hujjatlarni qaytarib berishi shart.
  1. Abonementdan foydalanish qoidalari
  • Abonementda hujjatlarni buyurtma qilish va olish uchun kitobxonlar to`g’ri to`ldirilgan kitobxonlik talabini ko`rsatishadi va kitob formulyariga imzo chekishadi;
  • hujjatlarni berishni rasmiylashtirishda xodim kitobxon daftarchasini oladi, kitobxonlik formulyarini topadi, kitob formulyaridagi imzo to`g’riligiga ishonch hosil qiladi va uni kitobxon formulyariga solib qo`yadi.

Adabiyotlar berilishi:

  • Ilmiy adabiyot uch kundan 1 oygacha miqdorda beriladi;
  • Badiiy adabiyot 1-3 va undan ortiq nusxada 15 kun muddatga beriladi;
  • Badiiy-adabiy oynomalar-15 kunga;
  • Kam uchraydigan va nodir asarlar, yagona yoki oxirgi nusxalar uyga berilmaydi;
  • O`qituvchilar uchun ilmiy adabiyot semestrga beriladi, agar ikki va undan ortiq nusxda bo`lsa, boshqa kitobxonlar so`raganda darrov qaytarilishi shart;
  • Kitobxonlar, boshqa kitobxonlardan talab tushmagan bo`lsa, uyga olingan adabiyotlardan foydalanish muddatini uzaytirishi mumkin, ammo ikki martadan ortiq emas.

QO`SHIMCHA XIZMATLAR

  1. Kitobxonlarga masofadan xizmat ko`rsatish. www.armat.uz sahifasida joylashtirilgan elektron katalogdan foydalanish. Elektron pochtasi yordamida hujjatlarni yetkazish.
    2. Komputerlar, Internet ma`lumot bazalari, KAKMAT va IRBIS avtomatlashtirilgan kutubxona tizimi, ma`lumotlar bazasidan foydalanish.
    3. Litsey o`qituvchilarining uslubiy qo`llanmalari, darsliklarning elektron variantlarning AKM lokal tizimiga joylashtirilgan bazalardan oquvchilar, o`qituvchilar va mahalla aholisi talabiga binoan foydalanish.
    4. Kitobxonlar talabiga ko`ra elektron ma`lumotlar bazasidan istalgan soha bo`yicha analitik axborot, maqolalarni tanlab berish (bosh so`zlar, mualliflar, mavzular va boshqa so`zlarga qarab).
    5. Kelgan yangi adabiyotlar taqdimotini o`tkazish.
    6. Internet ta`lim portallaridagi barcha resurslardan chegaralanmagan holda foydalanish.
    7. Kserokopiya, skanerlash, matnlarni printerdan chiqarish.

ELEKTRON O`QUV ZALIDAN FOYDALNISH QOIDALARI

  1. Foydalanuvchi elektron o`quv zalida (O`Z) mustaqil ishlashi uchun zaldagi navbatchi — xodimning ro`yxatidan o`tishi zarur.
    2. O`qituvchi, o`quvchi, litsey xodimlari va tegishli xudud mahalla aholilari uchun O`Zning komp’yuterlaridan bepul foydalanish vaqti chegaralangan bo`lib:- o`qituvchilar uchun — 1 oyda 10 soat; o`quvchilar va litsey xodimlari uchun – 1 oyda — 15 soat, bir kunda ishlash vaqti 2 soatdan oshmasligi kerak.
    3. Belgilangan bepul foydalanishning chegaralangan vaqti tugagandan so`ng, EO`Zdan foydalanish navbatdagi oygacha to`xtatiladi; ishlatilmagan vaqti navbatdagi oyga o`tkazilmaydi.
    4. SHaxsiy disketlardan EO`Zda foydalanish faqat navbatchi-xodim ruxsati bilan tekshiruvdan o`tkazgandan (virusi bor yoki yo`qligini, maxsus dastur orqali tekshirgandan) so`ng ishlatish mumkin. Foydalanuvchi tomonidan komp’yuterga o`tkazilgan ma`lumotlar saqlanmaydi va bu haqda da`vo qabul qilinmaydi.
    5. EO`Zdan kerakli ma`lumotlarni disketaga ko`chirish navbatchi-xodim yordamida bajariladi va u berilgan disketalarga yozib olish sifatiga javobgar emas.
    6. EO`Zda foydalanuvchilar o`quv jarayon va ilmiy izlanishlar uchun zarur bo`lgan ma`lumotlarni global Internet tarmog`i orqali olishi va Internetning eng keng tarqalgan xizmat ko`rsatish turi bo`lgan elektron pochta xizmatlaridan foydalanishlari mumkin.
    7. Qat`iyan man qilinadi:
    — EO`Z komp’yuterlariga shaxsiy dasturiy ta`minotlarni o`rnatish va EO`Z uchun litsenziyalashtirilmagan dasturlarni kiritish;
    — Komp’yuterlar dasturlarini o`zgartirish yoki sozlash;
    — Man etilgan dasturlar, ma`lumot bazalariga kirib va ularga o`zgartirishlar kiritib dastur yoki ma`lumotlar bazasiga zarar etkazgan foydalanuvchi EO`Zdan foydalanish huquqidan mahrum etiladi va uning foydalanish huquqi qayta tiklanmaydi;
    — EO`Zdagi komp’yuterlarni o`yin uchun ishlatish;

Global Internet tarmog`idan:
— ma`naviy-axloqiy e`tiqodimizga zid bo`lgan ma`lumotlarni ko`rish;
— tarmoq orqali shaxsiy so`zlashuvlar;
— elektron pochta orqali shaxsiy xarakterdagi xat yozishlar;
— tijorat maqsadidagi reklamalar.

  1. Yuqorida ko`rsatilgan qoidalarni buzgan foydalanuvchi EO`Zdan foydalanish huquqidan oyning oxirigacha, ayrim holda yilning oxirigacha mahrum etiladi.
    9. Komputer texnikasiga zarar ko`rsatgan shaxslar, moddiy javobgardir.
    Elektron fondlardan foydalanish tartibi, EO`Zning asosiy va qo`shimcha xizmat turlari universitet Ustavi va IAKMdan foydalanish qoidalari asosida tuziladi. EO`Z ish tartibi IAKM direktori ko`rsatmasiga asosan, universitet rektorining roziligi bilan belgilanadi.

AKMga A`ZO BO`LISH

O`qituvchilar, o`qituvchilar va xodimlar AKMga a`zo bo`lishi uchun litseyga o`qish yoki ishga qabul qilish buyrug’iga binoan ma`muriyat ro’yxatiga qarab amalga oshiriladi. O`quvchilarga kitobxonlik guvohnomasi asosida ham xizmat ko`rsatiladi. O`qituvchi va xodimlar kadrlar bo`limi ma`lumotnomasi va shaxsiy hujjatlari asosida yagona kitobxonlik guvohnomasi olishadi va AKMga a`zo bo`lishadi. Mahalla aholisi shaxsini aniqlovchi guvohnomasi (pasporti)ni ko`rsatib faqat o`qish zallaridan foydalanishlari mumkin.

Kitobxonlik guvohnomasi
Kitobxonlik guvohnomasi AKMdan foydalanish huquqini beradigan yagona hujjatdir. Kitobxonlik guvohnomasini an`naviy kitoblar bo`limidan olishi, yo`qotilsa, dublikatini olishi mumkin. O`zi bilan, albatta, 3×4 o`lchamda 2 dona fotosurat olib kelishi shart. O`z kitobxonlik guvohnomasini boshqa kishiga berishi va begona guvohnomadan foydalanishi ta`qiqlanadi. Aks holda, kitobxon AKMdan foydalanish huquqidan mahrum bo`ladi.

ZiyoNETni tashkil etishning asosiy  omillari

Bugungi kunda ko’p sonli elektron o’quv darsliklari, ma’ruza matnlari, referatlar, ilmiy ishlar va shu turdagi boshqa axborotlar informasion-ma’rifiy axborot kutubxonalarini tashkil etib, ularning umumlashtirilgmaganligi foydalanuvchilarga noqulayliklar tug’dirib kelmoqda edi. Bundan tashqari, ma’lumotlarning etarli darajada emasligi oqibatida  mamlakatimizda internet tarmog’idan foydalanuvchilar (ayniqsa yoshlar) boshqa xorijiy axborot kutubxonalariga murojaat qilishmoqda. Albatta, bu o’z-o’zidan hech qanday xavotirga asos bo’la olmaydi. Lekin bugun haddsiz internet hududidagi barcha ma’lumotlarni ham odab-ahloq qoidalariga muvofiq kela oladi deya olmaymiz, ayniqsa keyingi yillarda xalqaro tizimda inson ongini zaharlovchi ma’lumotlarning (pornagrafik, tajavuzzkorona, jangari va qotillik ruhidagi va jamiyatga qarshi boshqa axborotlar) ko’payganligi bunga yaqqol misol bo’la oladi.

ZiyoNET nima?

ZiyoNET jamoat ta’lim axborot tarmog’i O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 28-sentyabrdagi “ZiyoNET jamoat ta’lim axborot tarmog’ini tashkil etish to’g’risida”gi Qarori hamda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 28-dekabrdagi “ZiyoNET tarmog’ini yanada rivojlantirish to’g’risida”gi Vrorlari asosida tashkil etilgan. Mazkur tarmoq milliy axborot kutubxonalarini umumlashtirgan yagona tarmoqning mavjud emasligi, mavjud axbort kutubxonalarining  ham tizimlashtirilmaganligi va bir tartibga keltirilmaganligi, axborot kutubxonalari va materiallardan foydalanish imkonini beruvchi yagona “nuqta”ning yo’qligi sabab yaratildi.

Axborot kutubxonalar markazining maqsad va vazifalari.

Chirchiq sanoat kasb-hunar kolleji Axborot kutubxonalar markazi (AKM) O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 20 iyunida «Respublika aholisini axborot-kutubxona bilan ta’minlashni tashkil etish to’g’risida» gi PQ — 381 sonli qarori qabul qilingandan so’ng madaniy-ma’rifiy markaz sifatida 2006 yil 1- avgustdan buyon faoliyat ko’rsatib kelmoqda. AKM ning asosiy maqsad va vazifalari Respublika Prezidentining mazkur qarori ijrosini ta’minlash maqsadida zamon talablarini inobatga olgan holda kutubxona ishlarini tashkil etishni takomillashtirish, o’sib kelayotgan yosh avlodga intellektual ehtiyojlarini qondirish, madaniy — ma’rifiy, axloqiy qadriyatlarni saqlab qolishga yo’naltirilgan prinsipial yangi axborot markazlarini barpo etish, shuningdek aholini yanada kengroq va tizimli axborot bilan ta’minlash uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish maqsadiga qaratilgan. AKM da Prezident qarori mazmun-mohiyati, maqsad va talablaridan kelib chiqqan holda tegishli choralar ko’rilib, bugungi kunda ishlar olib borilmoqda. Natijada litseyimiz o’qituvchi — o’quvchilari hamda hududimiz aholisining zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanishi va mustaqil ravishda ta’lim olishiga sharoit yaratildi. Yangi axborot texnologiyalari yaratilishi (ma’lumotlar elektron bazalari, internet kutubxonalari) o’quvchilarga qolaversa aholiga axborot xizmati ko’rsatilishi esa keng imkoniyatlar yaratilishiga asos bo’lmoqda. O’zining maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda kollej AKM bugungi kunda madaniy, ta’lim, axborot hamda dastur va loyihalarni birgalikda amalga oshirish uchun mahalliy Hokimiyat va o’zini — o’zi boshqarish organlari, tashkilot, korxona va huquqiy sub’ektlar bilan hamkorlikda keng ko’lamli ishlarni amalga oshirmoqda.

  O’zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmon, qaror va farmoyishlari, hukumat qarorlari, CHDPIning buyruqlarini o’rganish, ijro etish va joriy qilish.

     CHDP akademik litsey AKM tashkil etilgandan so’ng markaz ishini muvofiqlashtirish maqsadida barcha me’yoriy hujjatlar bilan ishlash, ular ijrosini belgilangan muddatlarda hamda sifatli bajarish O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 12 yanvarda qabul qilingan «Ijro intizomi to’g’risida» gi 12-sonli qaroriga muvofiq tashkil etilgan. Mazkur qarorga asosan kollej AKM da O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 20 iyundagi «Respublika aholisini axborot-kutubxona bilan ta’minlashni tashkil etish to’g’risida»gi PQ — 381 sonli qarori, Axborot kutubxona tizimi faoliyatini muvofiqlashtirish bo’yicha idoralararo kengash to’g’risida Nizomi, AKMning Nizomi, viloyat O’MKHT tizimidagi xodimlarining tanlovini o’tkazish tartibi to’g’risida nizom, AKM xodimlarining lavozim yo’riqnomalari va boshqa me’yoriy hujjatlar to’plami alohida nazorat jildlariga jamlangan holda doimiy nazoratga olingan.

Fondni shakllantirish va hisobga olish.

     AKM fondini shakllantirish reja asosida, kollej uchun adabiyotlar chiqarishni rejalashtirish asosida foydalanuvchilarning va fond tarkibining axborotlarga bo’lgan extiyojlariga muvofiqlashtirish maqsadida kitobxonlar talabini qondirish darajasida shakllantirilmoqda. Shuningdek, barcha toifadagi foydalanuvchilarning o’quv va ilmiy ommabop adabiyotlarga bo’lgan talabi inobatga olinadi. Ilg’or axborot-kutubxona texnologiyasini, tadqiqot ishlari natijalariga asoslangan holda kitobxonlar qiziqishlarini inobatga olgan sotsiologik tadqiqotlar natijasiga ham asoslanamiz. Hozirgi kunda kollej AKM kutubxona fondi barcha kitobxonlarning axborotga bo’lgan ehtiyojini qondiradi va asosiy manbaa sifatida xizmat qiladi. Kutubxona jamg’armasini targ’ib etishda jamg’armani yangi adabiyotlar bilan to’ldirish, kitobxonlar guruhi talabini to’la qondirish maqsadida jamg’armada yetishmagan adabiyotlarni izlab topish, mavzuli rejalarni ishlab chiqish, buyurtma berish, doimiy ravishda jamg’armani mazmunan eskirgan adabiyotlardan tozalab turish amalga oshirilmoqda. AKM ning umumiy fondi 31024 nusxani tashkil etadi.Axborot kutubxona markazi kollej rahbariyati, o’qituvchi va ishchi xodimlari gazeta va jurnallarga obuna bo’lgan. Kutubxona fondini shakllantirish bo’yicha muntazam ish olib borilmoqda, kitobxonlarning so’rovi asosida jamg’armani to’ldirishga alohida e’tibor qaratilgan. Fondlarni hisobga olish va joylashtirish an’anaviy va elektron usullarda amalga oshirilib, ularning saqlanishini, saqlanish rejimini, hujjatlar nusxasini olish ta’minlanmoqda, axborot kutubxonalarini qabul qilish va fondni shakllantirish bo’limi tomonidan yangi olingan adabiyotlarga texnik, bibliografik ishlov berilib, kartochkalar katalogga joylashtirilib borilmoqda yangi kelgan adabiyotlarning kompyuterda elektron ro’yxatga olish varianti yaratilmoqda, bunda fondlarni ko’p sohali bibliografik aks ettirish yordamida an’anaviy usullardan foydalanilmoqda.

AKM moddiy texnika bazasi. Elektron baza yaratish ishlari.

     Litsey AKM 2019 o’quv yilida foydalanishga topshirilgan yangi binoda faoliyat ko’rsatmoqda. AKM uchun alohida umumiy maydoni 230 m2 dan iborat 2 ta zal ajaratilgan. Zallarning birinchisi o’quv zali bo’lib 30 ta o’rindan stol va stullar bilan jihozlangan, shuningdek o’quv zalida maxsus burchaklar, ko’rgazmalar, kartochka katalogi joylashtirilgan. Ikkinchi zalda asosiy axborot kutubxonalari kitob jamg’armasi saqlanadi va shu zalda maxsus arxiv xonasi tashkil etilgan hamda AKM rahbari xonasi ajratilgan. AKM ga 2012-yil 6 dona kompyuter foydalanish uchun olindi va kompyuterlardan kollej AKM dan axborot oluvchi o’qituvchilar, talabalar hamda AKM xodimlari keng foydalanib kelmoqda, boshqa elektron uskunalardan 1 dona printer, skaner o’rnatilgan.

AKM da bibliografik faoliyat.

     AKM bibliografik ishlari mutaxasislar tomonidan amalga oshirilib foydalanuvchilarga yozma yoki og’zaki ta’minlovchi bibliografik ma’lumotlar olish amalga oshirilmoqda. Bibliografik ko’rsatgichlar, qo’llanmalar, ro’yxatlar, turli xildagi axborotlar yaratilmoqda. AKM o’quv zalida, bosma adabiyotlar va elektron axborot kutubxonalari bo’limida yagona kutubxona bileti bo’yicha kitoblar berishning boshqa punktlarida yakka tartibda va guruhlar bo’yicha xizmat ko’rsatish metodlarini qo’llagan holda foydalanuvchilarga tabaqalashtirilgan xizmat ko’rsatilmoqda. Fan kafedralari, o’quv bo’limlari, labaratoriyalarda shakllantirilgan AKM ni to’plash, tizimlash, kataloglashtirishni amalga oshirgan holda bibliografik axborotlarni taqdim etish amalga oshirilgan. Kataloglar, kartotekalar tizimi va kutubxona axborotlari berishning an’anaviy shakli orqali kutubxona fondi tarkibi to’g’risida to’liq axborotlar beriladi. Bibliografik ko’rsatgichlar, adabiyotlar ro’yxati ishlab chiqilgan. Tematik manzilli va boshqa bibliografik ma’lumotlar yaratilmoqda. Bibliografik obzorlar, kitob ko’rgazmalari chiqarilmoqda.

AKM da targ’ibot — tashviqot ishlari

     AKM o’zining asosiy vazifalari va funksiyalaridan kelib chiqqan holda belgilangan tadbirlar rejasiga muvofiq an’anaviy usullardan, axborot texnologiyalaridan foydalangan holda axborot oluvchilarning muntazam ta’lim olishga ko’maklashish maqsadida turli xildagi va darajadagi targ’ibot tashviqot ishlari amalga oshirilmoqda. AKM ish faoliyati davomida aholini dolzarb mavzularda, ilyustrativ, muhim va unitilmas sanalarning ekspozitsiyaviy, noananaviy ko’rgazmalarga jalb etish orqali 2013 yilning 1 choragida har xil turdagi dolzarb mavzularga bag’ishlangan adabiy- badiiy kecha, muhim sanalarga bag’ishlangna tadbirlar, kitob anjumani, davra suhbatlari, kitob ko’rgazmalari tashkil etishga erishildi. Milliy ma’naviy-axloqiy qadriyatlavrni keng targ’ib qilish va xalqni madaniy-tarixiy me’rosdan bahramand bo’lishni ta’minlash maqsadida mahalliy o’zini-o’zi boshqarish organlari bilan hamkorlikda AKM faoliyati muvofiqlashtirildi.

            Axborot oluvchilarga xizmat ko’rsatish samaradorligini oshirish hamda aholini AKMga jalb etish borasida olib borilgan ishlar.

     AKM foydalanuvchilarga yagona va 3 ta ko’chma kutubxona jamg’armasidan ma’lumot tanlash, kerakli ma’lumotlarga buyurtma berish, markazda o’tkaziladigan ommaviy tadbirlarda ishtirok etish imkoniyati yaratilgan. AKM foydalanuvchilar so’ragan adabiyotlarni yoki ular uchun zarur bo’lgan ma’lumotlarni yetkazib beradi. AKM foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish tartibi, ularning huquqlari va burchlari, AKM ga a’zo bo’lish vaqtida markaz xizmatidan foydlanish qoidalari aniq qilib belgilab beriladi. AKM ma’lumot — axborot xizmati ko’rsatishga doir keng targ’ibot ishlarini tashkil etish maqsadida o’zining manzili , ish vaqti, jamg’armasining hajmi va tarkibi, ochiq eshiklar kuni to’g’risida axborot berish maqsadida taklifnomalar, varaqalar va e’lonlar berib kelinmoqda. Hisobot davrida aholi turli qatlamlarining o’qish madaniyatini oshirish ularga zamon talablari asosida yangi texnologiyalardan qo’llagan holda axborot xizmatini tashkil etishga yo’naltirilgan. Axborot oluvchilarga yuqori saviyada xizmat ko’rsatish bo’yicha o’quv zali, bosma adabiyotlar va elektron axborot texnologiyalari bo’limi, axborot kutubxonalarini qabul qilish va fondni shakllantirish bo’limi hamda axborot texnologiyalari bo’limi 6 dona kompyuter xizmat ko’rsatib kelmoqda. AKM ning eng oliy maqsadi mustaqil o’qish, fikrlash, tashkil qila bilish, fikrlash qobiliyatiga ega kitobxonni tarbiyalashdan iborat. Eng ko’p kitobxonlar guruhini talaba yoshlar tashkil etadi, ular umumiy kitobxonlar sonini 70% ni tashkil etadi. Bilim sohalari bo’yicha quyidagi adabiyotlar foydalanuvchilar tomonidan ko’p so’raladi. Ijtimoiy — siyosiy adabiyotlar — 32% Badiiy adabiyotlar — 48 % Filologiya fanlari 1 % Texnika va qishloq xo’jalik adabiyotlari — 10% Ilmiy — ommabop adabiyotlar — 5% Tabiiy fanlar — 11 % Sog’likni saqlashga oid adabiyotlar — 5% ni tashkil etadi. Vaqtli matbuot nashrlarining o’qilishi 18 % ni tashkil etadi. AKM ning tarkibiy bo’limlarida foydalanuvchilarga axborot xizmatini ko’rsatish yaxshi yo’lga qo’yilgan. Axborot xizmati so’rovlar asosida amalga oshiriladi. Foydalanuvchilarga axborot-kutubxona xizmatini yaxshilash, ular talabini tez va sifatli qondirish maqsadida kitobxonlar qiziqishini o’rganish bo’yicha sosiologik tadqiqotlar, anketa so’rovlari amalga oshirilmoqda. Bu ishlar yakka tartibda suhbatlar o’tkazish, rad javobini olish va tahlil etish, bajarilgan so’rovlar tahlili hamda kitobxonlar formulyari tahlili orqali amalga oshirilmoqda.

AKM ning asosiy ko’rsatgichlari:

Adabiyotlar turi Nechta nomda Jami soni
1. Darsliklar 23 5480
2. O’quv uslubiy qullanmalar 20 1746
3. Siyosiy adabiyotlar 10 501
4. Badiiy adabiyotlar 225 1800
5. Ilmiy-ommabop adabiyotlar 7 54
6. Ma’ruza matnlari 18 32
7. Elektron qo’llanmalar 20 450
Jami: 10063