Домой / Без рубрики / CHDPI akademik litseyda «Rektor soati» o’tkazildi.

CHDPI akademik litseyda «Rektor soati» o’tkazildi.

✅ 26 mart kuni akademik litseyda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 3 dekabrdagi “Iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimi va akademik litseylar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-4910-son qarorida ko’zda tutilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida, TVCHDPI rektori Muxamedov Gafurdjan Israilovich tomonidan akademik litsey pedagog-xodimlari va o’quvchilari ishtirokida «Rektor soati» o’tkazildi.

♻️ Akademik litseyda o’quv-tarbiya jarayonini sifatli tashkil etish, ta’lim jarayonini tubdan yaxshilash, universitet professor-o’qituvchilarini dars mashg’ulotlariga jalb qilish, chuqurlashtirilgan va mutaxassislik fanlari hamda xorijiy tillarni o’rganish bo’yicha turli klublar tashkil etish bo’yicha vazifalar belgilandi.

💠 Shuningdek, iqtidorli va a’lo baholarga o’zlashtirgan o’quvchilar uchun stipendiya va grantlar joriy etish mexanizmini ishlab chiqilganligi va amalga oshirilgan ishlarga ham to’xtalib o’tildi

✅ Institutning o’quv ishlari bo’yicha prorektori, ayni vaqtda akademik litsey direktori Xaydarov Ilhom Qudratovich mazkur qarorga muvofiq, akademik litseyda barcha yo’nalishlar bo’yicha islohotlarni amalga oshirish, jumladan, fanlarni unifikasiya qilish, xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlar reytingida birinchi 1000 ta o’rinni egallagan oliy ta’lim muassasalari diplomiga ega bo’lgan mahalliy pedagoglar hajmini oshirish, turli o’quv kurslari, yozgi va qishki maktablarni tashkil etish yuzasidan bir qator fikrlar bildirildi.

♻️ Tadbir davomida ishtirokchilar akademik litseyga iqtidorli o’quvchilarni saralab olish, xalqaro va respublika fan olimpiadalari g’oliblari uchun berilgan imtiyozlar, muayyan kompetensiyalarni shakllantirishga qaratilgan fan dasturlari hamda o’quv adabiyotlarini yaratish bo’yicha batafsil ma’lumotlarga ega bo’ldilar.

Chop etish