Домой / Без рубрики / Akademik litsey ta’limi faoliyatini takomillashtirish jarayoni muhokama markazida…

Akademik litsey ta’limi faoliyatini takomillashtirish jarayoni muhokama markazida…

   Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti rektori G’.I.Muxamedov ishtirokida institut akademik liseyida faoliyat olib borayotgan pedagog-xodimlar bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimi va akademik litseylar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Qarorning mazmun-mohiyati tushuntirib o’tildi.
Institut rektori bitiruvchi guruh o’quvchilari bilan o’tkazgan suhbat jarayonida institut professor-o’qituvchilari tomonidan Akademik litsey o’quvchilariga dars mashg’ulotlaridan keyin qo’shimcha darslar tashkil etish lozimligi to’g’risida bo’limlarga tegishli topshiriqlar berildi.

Chop etish