Домой / Без рубрики / 1-mart yurtimizda nafaqat bahor faslining kirib kelishi, balki o’zbek xalqining sevimli shoirasi, inson qalbi bilag’oni Zulfiyaxonim Isroilova tavallud sanasi hamdir.

1-mart yurtimizda nafaqat bahor faslining kirib kelishi, balki o’zbek xalqining sevimli shoirasi, inson qalbi bilag’oni Zulfiyaxonim Isroilova tavallud sanasi hamdir.

Taniqli oʻzbek shoirasi Zulfiya 1915- yilning 1-martida Toshkent shahrida Isroil temirchi oilasida tug‘ildi. Mehnat faoliyatini juda erta boshlagan shoira deyarli bir umr jurnalistika va nashriyot sohasida ishladi. U 1935-1938-yillarda Til va adabiyot instituti aspiranti, 1938-1948 yillar mobaynida “Bolalar nashriyoti” muharriri, “Oʻzbekiston davlat nashriyoti” bo‘lim mudiri, 1953-yilgacha “Saodat” jurnalida bo‘lim mudiri, 1953-yildan 1980-yilga qadar, salkam o’ttiz yil davomida ushbu jurnalning bosh muharriri lavozimida ishlab keldi. Mashhur oʻzbek shoiri Hamid Olimjonning turmush o‘rtog‘i, o‘ziga xos she’riyati bilan minglab kitobxonlar qalbini rom etgan iste’dodli shoira Zulfiya 1996-yilning 1-avgustida vafot etdi.

Chop etish